O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq
- 1-topshiriq .
- 3-topshiriq .
- 4-topshiriq .
Savollarga javob bering.
O‘zbеk tilidagi fе’llar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘lib o‘rganildi? O‘zbеk tilshunosligida fе’lning qanday grammatik katеgoriyalari farqlanadi? Fе’l zamoni va gap zamoni o‘rtasida qanday farq mavjud? O‘zbеk tilshunosligida ko‘makchi va to‘liqsiz fе’llar qaysi tilshunos olim tomonidan maхsus tadqiq etildi? Fе’lning tuslanishi dеganda nimani tushunasiz? ! 3-topshiriq.Badiiy asardan shaxs-son shakllarining har bir shakliga 2 tadan misol toping, tahlil qiling. 8-Mavzu: Fe’lning o’zgalovchi kategoriyalari va uning shakllari:sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi. 1.Fe’lning funksional shakllari: 1)sof fe’l; 2)harakat nomi; 3)sifatdosh; 4)ravishdosh. G 1-topshiriq.Blis-so‘rov uchun tayanch tushunchalar. 1.Fe’lning shaxs-son kategoriyasi . 2.Fe’lning funksional shakllari. 3.Sof fe’l; 4.Harakat nomi; 5.Sifatdosh; 6.Ravishdosh. @ 2-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan fe’llarni topib tahlil qiling, shaxs-son qo‘shimchalarini ko‘rsating. 1.-Shahzodai juvonbaxtga borib aytgaysen: Muhammad Tarag‘ay taxtga o‘ltirmoqqa emas, Makkayi mukarramaga yo‘l tutgandur(O.Y.) 2.Qo‘shqo‘noqda ovqatlanarman degan umid bilan yo‘lga chiqabergan edim.(S.Ahm.) 3.Uloq boshlandi.Birisi oladi, ikkinchisi tortadi. Ikkinchisining yoniga uchinchisi qo‘shilib, birdan sakkiz tomonga tortqilashadilar, oraga chetdagi uloqchilar ham siqilishib kirib, yana uloqni buydaalshadilar. (A.Qod.) 4.Otamizning o‘lganiga ancha yil o‘tib ketdi. Bu yil-o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib shum yetim bo‘lib qoldik. (G‘.G‘.) 5.Ko‘ksimdagi sevinch shuncha zo‘r, dumalayman maysada tanho. Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o‘paman goho…(O.) 6.Haligi gapni eshitgan ekansiz-sa. Qanday qilib eshitdingiz? Ancha ilgarilab ketgan edingiz-ku? (Mirm.) @ 3-topshiriq.Fe’lning funksional shakllarini aniqlang, qaysi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lganiga e’tibor qarating. 1.Domla Zebining yoniga borib, nasihat qila boshladi(Ch.) 2.Huri, Zaynab qosh qorayganda, Kech qop-qora choyshab yoyganda Ichkariga kelib kirdilar Va Anorga salom berdilar.(H.O.) 3.-Men yig‘lamayman! To o‘g‘limning go‘rini quchoqlab, tuprog‘ini yuzimga surmagunimcha ko‘zimdan yosh chiqmaydi.(A.Q.) 4.Faqat qishloqqa yaqinlashib, hovlilar ustuda suzgan harir ko‘kimtir tutunni ko‘rganida, kechki podadan qaytgan sigirlarning bo‘kirishi, bolalarning yig‘isi, qo‘ylarning ma’rashi qulog‘iga kirganda, dimog‘iga tandirdan uzilgan issiq non hidi ”gup” etib urgandagina, miyasini chulg‘ab olgan qora xayollar sal tarqab, fikri ravshanlashganday bo‘ldi.(O.Y.) 5.Ruhoniylar ilojini topsa podshohdan ham baland turishga va ularning boshiga og‘ir kun tushganidan foydalanib o‘z hukmlarini o‘tkazishga intilshlari ko‘pdan ma’lum edi.(P.Q.) 6. Menga alam qilar,tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.(A.O.) ! 4-topshiriq.Badiiy asardan otlashgan sifatdoshlarga 10 ta misol toping, qanday vazifada kelayotganligini aniqlang. F 5-topshiriq.Berilgan test tophiriqlarini bajaring. 1. Bola boshini qo‘llari orsiga qo‘yib, Boysun tog‘i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. Necha o‘rinda fe’lning vazifa shakllari qatnashgan? A.2 B.4 C.3 D.5 2.Tarkibida otlashgan sifatdosh berilgan gapni toping. A.Siz g‘oyatda ustalik bilan meni savol beruvchidan javob qaytaruvchiga aylantirib yuborayapsiz. B.Oldida borayotgan suvori yuzidan qora charm niqobini yulib oldi. C.Men she’rga soldim aytar so‘zimni. Baxtiyor sezaman o‘zimni g‘oyat. D.Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi. 3.Fe’lning ravishdosh shkli haqida berilgan qaysi hukm to‘g‘ri? A.Ravishdoshning –b,(-ib), -a,(-y) shakllari harakatning sababini ko‘rsatishi mumkin. B.-gancha,(-kancha, -qancha) qo‘shimchali ravishdoah faqat harakatning holatini bildiradi. C.-gani, (-qani,-kani) qo‘shimchali ravishdosh faqat harakatning maqsadini bildiradi. D.Barcha javoblar to‘g‘ri. 4.Quyidagi gapda fe’lning vazifadosh shakli qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? Kunning ikkinchi yarmida oq xalat kiygan Shirmonjon kirib keldi. A.Ega. B.Hol. C.Aniqlovchi D.Fe’lning vazifadosh shkli ishtiroketmagan. 5.Quyidagi gapda fe’lning qanday vazifadosh shakllari qatnashgan? U qizargan ko‘zlarini yumib,tutila-tutila bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. A.4 ta. B.3 ta. C.5 ta. D.6 ta. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling