O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet76/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

3-variant
1- 1-topshiriq. Quyidagi nazorat savollariga javob bеring.

  1. Ko‘makchi fe’l deb qanday fe’lga aytiladi?

  2. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yondosh holatlardan (qo‘shma fe’l, fe’l+fe’l tipidagi so‘z birikmasi) farqi?

  3. Ko‘makchi fe’llarning semantikasi haqida gapiring.

  4. Ko‘makchi fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlari?



2-topshiriq. O‘qing, fe’llarni topib, ulardagi modal shakl yasovchi affikslarni aniqlang, ma’no xususiyatini izohlang.

1. Ukangning endi aqli kirgan. Dildorga suykalanmoqchi. (S. Ahm.) 2. Koptok bo‘lsa tepkilab Boshqalarga bermas gal. (Q. H.) 3. Chodir ichida bola ijirg‘alandi, xotin shoshib kirib ketdi. (S. Ahm.) 4. O‘z so‘zlariga Yoqubning ishonqiramaganini payqagan Ali ishontirishga tirishdi. (K. Moiseyeva.) 5. Salti bermadi, bu olmoq istadi; Salti qochdi, bu quvladi. (Ch.) 6. Oyisi yugurgilab dorixonaga borib barmoqlariga surkash uchun moy keltirdi. (Sh. Siddiqiy.) 7. Nizomjon xohlanqiramay akasining oldiga bordi. (S. Ahm.)


3-topshiriq. Ko‘makchi fe’llarni toping va ularning ma’nosini izohlang.
1. Ulug‘ ishingizni aslo tashlamang! Siz yaratgan «Xamsa» san’at olamida chinakam mo‘‘jiza bo‘ldi. Shu bilan qanoatlanib qolmang. O‘z ona tilingizda bitgan g‘azallaringizni bir necha devonga to‘plagansiz; shularni bir-biridan ajrating va har qaysisini o‘ziga munosib nom bilan bezang. (L. Bat.) 2. Sizlarning shu yerda yuqori hosil olishingiz — to‘qayni o‘zlashtirish bilan barobar, iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo‘linglar. Oltin yerimizni ko‘z qorachig‘iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. (H. G‘.) 3. Qizim, baxtli ekansanki, ...paxtakorlik yo‘liga kiribsan. Bu yo‘ldan zinhor-zinhor toyma, yildan-yilga naxtani ko‘paytiraver. Bizning mashinalarimiz tolasi uzun-uzun, birinchi sort paxtani yaxshi ko‘radi. Buniyam unutma. (O.) 4. Kel ipakday sochlaringga men Nurdan lenta yasab taqayin. (Mirm.) 5. Mingdan ortiq xaridor... Biri deydi: «Yuz jiyron — Sovg‘a qilay, ol, jiyan!» Boshqasi der: «Ming bosh qo‘y — Beray qilgin katta to‘y!» Yana biri der: «Do‘stim, Ol qirqta suvsar po‘stin. Faqat oting ber menga!» Ovchi unga der: «Nega?» (Q. H.)

4-topshiriq. Quyida –a/y va –(i)b ravishdosh shakllarining biri bilan birikib, alohida-alohida ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llarning ma’nolariga e’tibor bering va izohlang:







Ko‘makchi fe’l

-a/y

-(i)b

1

Ol

O‘qiy oladi

O‘qib oladi

2

Ber

O‘qiy berdi

O‘qib berdi

3

Qol

O‘qiy qoling

O‘qib koling

4

Sol

Kela solib….

Aytib soldi

5

Ko‘r

O‘qiy ko‘rma

O‘qib ko‘r

-a/y va –(i)b ravishdosh ko‘rsatkichi bilan birikib, bir xil ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llarning ma’nolariga e’tibor bering va izohlang:





Ko‘makchi fe’l

-a/y

-(i)b

1

Boshla

O‘qiy boshladi

O‘qib boshladi

2

Tur

Chiqa turib

Chiqib turib

3

Bor

Yo‘qota bordi

Yo‘qotib bordi

4

Ket

Do‘pposlay ketdi

Do‘pposlab ketdi

! 2-topshiriq.Badiiy asardan ko‘makchi fe’llarga 10 ta misol toping, qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.




Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling