O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq .
- 2-topshiriq .
2-variant
Quyidagi nazorat savollariga javob bеring. Fе’lning mayl katеgoriyasi qanday ma’noni anglatadi? Fе’lning aniqlik (хabar) mayli nimani anglatadi? Fе’lning buyruq-istak mayli qanday hosil qilinadi? Fе’lning maqsad mayli qanday ma’noni anglatadi? Fе’lning shartli mayli va shart mayli o‘rtasida qanday farq mavjud? -sa shart mayli qo‘shimchasi shart ma’nosidan tashqari yana qanday ma’nolarni anglatadi? 1-topshiriq. O‘qing, fe’llarni topib, ulardagi modal shakl yasovchi affikslarni aniqlang, ma’no xususiyatini izohlang. 1. Ukangning endi aqli kirgan. Dildorga suykalanmoqchi. (S. Ahm.) 2. Koptok bo‘lsa tepkilab Boshqalarga bermas gal. (Q. H.) 3. Chodir ichida bola ijirg‘alandi, xotin shoshib kirib ketdi. (S. Ahm.) 4. O‘z so‘zlariga Yoqubning ishonqiramaganini payqagan Ali ishontirishga tirishdi. (K. Moiseyeva.) 5. Salti bermadi, bu olmoq istadi; Salti qochdi, bu quvladi. (Ch.) 6. Oyisi yugurgilab dorixonaga borib barmoqlariga surkash uchun moy keltirdi. (Sh. Siddiqiy.) 7. Nizomjon xohlanqiramay akasining oldiga bordi. (S. Ahm.) 1. Ulug‘ ishingizni aslo tashlamang! Siz yaratgan «Xamsa» san’at olamida chinakam mo‘‘jiza bo‘ldi. Shu bilan qanoatlanib qolmang. O‘z ona tilingizda bitgan g‘azallaringizni bir necha devonga to‘plagansiz; shularni bir-biridan ajrating va har qaysisini o‘ziga munosib nom bilan bezang. (L. Bat.) 2. Sizlarning shu yerda yuqori hosil olishingiz — to‘qayni o‘zlashtirish bilan barobar, iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo‘linglar. Oltin yerimizni ko‘z qorachig‘iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. (H. G‘.) 3. Qizim, baxtli ekansanki, ...paxtakorlik yo‘liga kiribsan. Bu yo‘ldan zinhor-zinhor toyma, yildan-yilga naxtani ko‘paytiraver. Bizning mashinalarimiz tolasi uzun-uzun, birinchi sort paxtani yaxshi ko‘radi. Buniyam unutma. (O.) 4. Kel ipakday sochlaringga men Nurdan lenta yasab taqayin. (Mirm.) 5. Mingdan ortiq xaridor... Biri deydi: «Yuz jiyron — Sovg‘a qilay, ol, jiyan!» Boshqasi der: «Ming bosh qo‘y — Beray qilgin katta to‘y!» Yana biri der: «Do‘stim, Ol qirqta suvsar po‘stin. Faqat oting ber menga!» Ovchi unga der: «Nega?» (Q. H.) ! 2-topshiriq.Badiiy asardan modal shakllarga 10 ta misol toping, qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling