O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
-Mavzu:Hozirgi o’zbek tilida yordamchi so‘zlar
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq
- 6-topshiriq .
12-Mavzu:Hozirgi o’zbek tilida yordamchi so‘zlar.
1. Yordamchi so‘zlar turkumi. 2.Ko‘makchi. 3. Bog‘lovchi va uning turlari. 4.Yuklama va uning turlari. G 1-topshiriq.Blis-so‘rov uchun tayanch tushunchalar. 1. Bog‘lovchi. 2. Teng bog‘lovchilar. 3. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 4. Sof ko‘makchilar. 5. Vazifadosh ko‘makchilar. 6. So‘z yuklamalar. 7. Affiks yuklamalar. @2-topshiriq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling. 1.Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi.Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan …(O‘.H.) 2. Kecha dadamdan so‘rab qo‘yganim uchun bugun akam ham “ kerak emas, borma” degan jekirishini qilmadi.(A.Qod.) 3. Tepaga chiqaman, pastga tushamen, Yo garang toshlarga jim suyanamen, Yo buloq boshida bir cho‘pon kabi Yaslanib bir lahza o‘yga tolamen.(O.) 4.Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga-Karki shahriga etib keldi.(Mirm.) 5.-Sizlarni bezovta qildim-a? –Bemalol ustod.(Mirm.) 6.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.(Sh.) 7.-Janobi tergovchi, men qaroqchi emasman! –Qo‘ysangiz-chi! (X.T.) 8.Siz muhabbat haqida ko‘p yozaiz.Ayting-chi, o‘zingiz abadiy sevgiga ishonasizmi? (O‘.H.) 9.Novdalardan onalarning sog‘inch to‘la yuraklardan oqqan ko‘z yoshlari kabi tomchilar tomardi.(O.) 10.-Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin. Qiyomat qoyim degani shudir-da, a, o‘g‘rigin abolam-a. (G‘.G‘.) 11.Bordi-yu, birorta yomon odam borib, stol-stullardan eng yaxshilarini olib ketsa-chi? (P.Q.) 12. Hozirgi yoshlar na urf-odatni bilishadi, na izzat-ikromni. (O.Y.) F 3-topshiriq. Berilgan test qoliplarini to‘ldiring. 1.Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A. B. C. D. 2. Atash ma’nosini butunlay yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirishga xizmat qiladigan so‘zlar qatorini belgilang. A. B. C. D. 3. Qaysi yuklamalar so‘zga qo‘shilib yoziladi? A. B. C. D. 4.Qaysi qatorda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan? A. B. C. D. 5. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan keladigan ko‘makchilarni belgilang. A. B. C. D. 6. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zdan keyin keladigan ko‘makchilarni belgilang. A. B. C. D. 7. Bog‘lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni toping. A. B. C. D. 8. Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin? A. B. C. D. ! 4-topshiriq.Badiiy asardan yordamchi so‘z turkumlariga oid 10 ta misol topib tahlil qiling. @ 5-topshiriq.Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarini topib tahlil qiling. 1.Aybnomani tinglang, hatto Faryod qilar toshlar ham.(E.V.) 2.Mirzo Ulug‘bek o‘z taqdiri haqida, Xuroson va Movarounnahrda bo‘layotgan bu g‘alayon haqida o‘ylarkan, nechundir yana bobosi esiga tushdi.(O.Y.) 3.Albatta, poraxo‘r tilanchi emas.Poraxo‘r avvaliga o‘zini tiyib yuradi.”Insof” bilan oladi.Ammo bora-bora qaerda bo‘lsa ham, kimdan bo‘lsa ham, qancha bo‘lsa ham olishga o‘rganadi.(O‘.H.) 4.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 5.Ikki orada shia-sunniy janjallari chiqmasligi uchun Budag‘xon boshliq qizilbosh askarlari alohida qarorgohga to‘planmoqda edi.(P.Qod.) 6.Peshonamdan ter oqayaptimi? Havo salqin shekilli! Ie, qon hidi-ku! Qon! Boshim qonayapti-ku! (O‘.H.) 7.So‘riga yozilgan namatni cho‘ltoq supirgi bilan supirayotgan Ilhom choyxonachi dadamni uzoqdan ko‘rib salom berdi. (O‘.H.) 8.Aliqulixon va Bahodirxonlarga yana Iskandarxon nomli toshkentlik bek ham qo‘shildi. (P.Qod.) 9.Bir polvon bahonasida, men dunyodagi eng ojiz va eng mehnatkash jonzotlar- chumolilar haqida o‘yladim.(S.Sayid.) 10.Jilmaymoqqa urindi-yu, biroq uddasidan chiqa olmadi.(N.N.) G 6-topshiriq.Shakl ichida berilgan so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini izohlang. @ 7--topshiriq.Berilgan matndan yordamchi so‘z turkumlariga oid so‘zlarni topib tahlil qiling. Bu voqealar xabari Qobulga javzo oyida yetib bordi. Kunlar isib, Kobul atrofidagi tog‘larning qori erigan sari faqat daryodalardagina emas, buloqlarda ham suv ko‘payib ketdi.Shohi Kobul tog‘ining etaklaridan chiqadigan chashmalar suvi Gulkina mavzeyidan nariga o‘tib, baland tepalik ustiga o‘tib, baland tepalik ustiga joylashgan arkning yon-veriga maysazorlarga ham jildirab yetib oldi. Qishda Qandahordan olib kelingan Akbar enagalari bilan shu arkda qattiq nazorat ostida saqlanar edi. Daryo bo‘yidagi Bog‘i Navro‘ziyda turadigan Xonzoda begim Akbarni o‘z arorgohiga olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo Komron mirzo ruxsat bermadi. -Arkda soqchilar ko‘p, bu yer bola uchun bexatarroq,-deb vaj ko‘rsatdi. Lekin arkda Afzalbek va Qorachaxonga o‘xshagan Humoyunning g‘animlari bor, ular bolaga zimdan yomonlik qilishlari mumkin. Xonzoda begim ikki yarim yashar Akbarni quchog‘iga bosib shivirladi: -Anu amakilarning ilgidan hech narsa olmagin, eng shirin narsani bersa ham yemagin, xo‘pmi, jonim? (P.Qod.) 8-topshiriq. Gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarni aniqlang. 1. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan. 2. Ertaga, albatta mening qoshimga keling. 3. Hayot quyosh bilan go‘zal, inson xulqi bilan. (SHukrullo) 4. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (O.) 5. Qalbni bir og‘ir g‘am o‘rtardi misoli otash. (H.O.) 6. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. (O.) Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir. (Nizomiy). 7. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashardi. (S.Z.) 8. Javob berib ko‘r-chi, nomard tabiat, Bunchalik go‘zalni nechun yaratding?! O‘zing gunohkorsan, osiysan behad, Nechun yaratding-u, o‘tlarga otding? (H.O.) 9-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Bog‘lovchilarning ma`no va vazifasini aniqlang. Yakka yoki takror qo‘llanishiga e’tibor qiling. Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi ko‘makchi va yuklamalarni bog‘lovchi bilan almashtirib ko‘chiring. Tinish belgilarini qo‘llanishiga diqqat qiling. 1. Ilmning ofati – esdan chiqarmoqlik va ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishilarga o‘rgatib, uni zoe ketkazmoqdir. 2. Olloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir. 3. Garchi Xitoyda bo‘lsa ham, ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir. 4. Kimki ota-onasini roziligini olgan bo‘lsa unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi. 5. Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi. 6. Otangiz vafotidan keyin uning do‘stlari bilan aloqani davom ettiring. Agar ular bilan aloqani uzsangiz, tangri sizning nuringizni o‘chiradi. 7. Savobli ish qilganingizda xursand bo‘lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo‘lsangiz, demak, siz haqiqiy mo‘mindirsiz. 8.Iymon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas. («Hadis»dan) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling