O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
5-topshiriq. Ajratilgan so‘zlarni morfem tahlil qiling. Taqlid so‘zlarning qaysi turkum so‘zlari yasalishi uchun asos bo‘layotganligini aniqlang.
1. Gursillab yiqildi keksa qayrag‘och… 2. Dam o‘tmay sharros yomg‘ir quyib berdi. 3. Zalni gulduros qarsak ovozi tutib ketdi. 4. Soch emas bu, sharshara. 5. Soy suvlari shildirab oqadi. 6. Bu xabarni eshitib yuragim shuvullab ketdi. 6. Mo‘ltirab termular ikki qora ko‘z. 7. Tulkining lip etib o‘tib ketganini sezmay qoldik. 8. Orqa tomondan nimadir tars etdi. 9. Qushlar par etib osmonga ko‘tarildi. 10. Tashqaridan miyov degan ovoz eshitildi. 11. G‘ing desang, o‘ldiraman. 12. Soat 12 da boraman degani lop etib esiga tushib ketdi. 6-mashq. Gaplar tarkibidagi taqlidlarning sintaktik shakllarga munosabati va gapdagi vazifasini aniqlang. 1. Otlarning dupir-dupiridan qulog‘im bitdi. 2. Ancha vaqtgacha uxlolmay, mashinalarning viz-viziga quloq solib yotdim. 3. Telefonning jiring-jiringidan uyg‘onib ketdim. 4. Bola ko‘ylakning yaltir-yultiriga mahliyo bo‘lib boqardi. 5. Butun qishloqni karnayning g‘at-g‘ati tutib ketdi. 6. Dam o‘tmay o‘choqqa osilgan qozondan burq-burq eshitila boshladi. 7. Oyoq ostidagi qorning g‘arch-g‘urchi zavqimni keltirardi. 7-mashq. Berilgan nutqiy hosilalarga tayanib taqlidlarda polisemiya, shakldoshlik, ma’nodoshlik munosabatlari mavjudligini asoslang. 1. U menga yalt etib qaradi. 2. Kutilmaganda yalt etib chaqmoq chaqdi. 3. Tiq etgan ovoz eshitilmaydi. 4. Oktabrning o‘rtalarida gup etib qor yog‘ib berdi. 5. Minora gup etib quladi. 6. G‘iz-g‘iz qatnab turibdi. 7. G‘iz-g‘iz deb uchib ketdi. 8. Qishloqda chiroqlar milt-milt (yalt-yult, mildir-mildir, yaltir-yultir) porlay boshladi. 9. Polga surtilgan bo‘yoq yaxshi qurimagani uchun oyoqqa chip-chip yopishardi. 10. Chip-chip jo‘jalarim.. @ 8-topshiriq. Gaplarda qo‘llangan undov so‘zlarni semantik guruhlarga ajrating. Qavs ichida berilgan ma’nodoshi bilan almashtirib ko‘chiring. Undovli va otli gaplarni qiyoslab undov va ot turkumiga mansub so‘zlarning ma’no xususiyatlari haqida xulosa chiqaring. 1. Kambag‘allarning oh-u voyiga (shikoyatiga), g‘ariblarning voy-dodiga (nolasiga) hech kim quloq solmaydi.(O.) 2. Siz bay-baylarni (olqishlarni) ko‘p eshitib ko‘nikkansiz. 3. Bolaning kisht-kishtiga (haydashiga) qaramay qushlar nari ketmasdi. 9-mashq. O‘qing va ko‘chiring. Undovlarni topib tagiga chizing, ustiga qaysi semantik guruhga kirishini yozing. Sintaktik shakllarga munosabatini va gapdagi vazifasini aniqlang. Qanday hollarda so‘z-gap, qanday hollarda gap bo‘lagi bo‘lib kelishini izohlang. Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling va ishlatilish sabablarini sharhlang. 1. Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik… Voy, bechora jonim, desam arziydi. (G‘.G‘.) 2. Ey, ulug‘ naslimning yuragi, joni! Kiprigingga ilinmas yig‘idan zarra. (G‘.G‘.) 3. Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da… (A.Q.) 4. Uh, endi qaysi yuzim bilan o‘sha uyga boraman. (S.Z.) 5. Obbo, qizim-e! Do‘ppimni o‘zim tikdim degin! 6. Hormang endi, otam – dedi ayol, qotma uzun qo‘llari bilan Elmurodning yelkalaridan silab. (P.T.) 7. O, Alisher! Xush kelibsiz, ichkariga marhamat. (U. va I.S.) 8. Oho! Oho! Qalay ekansiz? Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga ur. (H.H.) 9.E! Bu xumpar menga shama kilyaptimi? 10. O... uzuging juda chiroyli. Qani menga ber-chi! 11. Ehhe, ish katta-ku! (O.) 12. Uning fikrini ma’qullovchi ovozlar eshitildi. Balli, Otangizga rahmat! (P.T.) 13. Faqat sendan bitta iltimos, Kelajakda unutmasang, bas. 14. Siz-chi, ey, sadoqat satridan nolib, nadomat komiga botganlar, ayting! (A.O.) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling