O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet85/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

10-topshiriq. O‘qing. Yuklamalarni topib, morfologik tahlil qiling.

1. Qishloqning u boshidan bu boshiga yetgunga qadar biror kimsaning qorasi ko‘ringani yo‘q. (J. Abd.) 2. Faqat shirin xotiralarnigina eslashga urinishdi. (J. Abd.) 3. Odamning xarakterini o‘zgartirishdan qiyin narsa yo‘q. (J. Abd.) 4. Ertadan boshlab besh yil ichida orttirgan nazariy bilimini amalda namoyish qilishi kerak. Shuning uchun oxirgi bor darsliklarni ko‘zdan kechirmoqda, chog‘i. (J. Abd.) 5. Aftidan, ularning ko‘pchiligi kechagi bo‘ron yetkazgan shikastlarni tuzatish, qum to‘lib qolgan xandaqlarni tozalash bilan band. (J. Abd.) 6. Axir, kishi yashash, kurash, yaratish, baxt uchun tug‘ilmaydimi?! (B. Daminov.) 7. Voy, g‘alati gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi? (A. Q.)




11-topshiriq.O‘qing. Mustaqil va yordamchi so‘zlarni topib, ularga to‘liq xarakteristika bering.

Otda ko‘p yurib o‘rgangan Ortiq endi mototsikl egaridan tushmaydi. Egardan tushsa, umri barbod bo‘ladigandek qo‘rqadi. Akasining shu zaif tomonini Avaz yaxshi biladi, o‘zaro gap bilan buni yo‘qotib bo‘lmasligini sezadi. Shuning uchun boya ataylab uni ko‘pchilikning oldida uyaltirib, ko‘zini sal ochmoqchi bo‘ldi. Lekin buning natijasida ikkovining orasi battarsovuganini sezib, hozir ta’bi tirriq bo‘lib boryapti. (P.Qodirov)




Mustaqil ish. Bunda talabalarning har biriga 5 tadan gap topib yozish, undagi so‘zlarni turkumiga ko‘ra tahlil qilish topshiriladi.
13-Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilida so’z-gaplar.

G 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering.


1.Alohida olingan so‘z turkumlari haqida ma’lumot.
2.Modal so‘zlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Undov so‘zlar haqida ma’lumot.
4.Taqlid so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?

@ 2-topshiriq.Quyidagi gaplardan modal, undov, taqlid so‘zlarni topib tahlil qiling.


1.Hammalari gurr etib o‘rinlaridan turdi.(X.T.) 2.E g‘ofil ona,tur, ko‘zingni och, qizingning yuragiga quloq sol.(S.Ahm.)3.-E-e!-dedi u ustimdan kulganday.-Ana-ku! Sizga otam ituzum berganda, men derazadan qarab turgan edim…Yana kerakmi? Ko‘zlaringiz yoshlanib ketayapti! (Sh.X.) 4.Meningcha, sabzavotning ortiqcha ko‘p ishi qolgani yo‘q.O‘shalardan ozroq odam olsak.(S.Ahm.) 5.Yormat loyli qo‘li bilan ko‘z yoshini artdi, burun suvini “piq-piq” tortib gapirdi.6.Nechun shu tuproq deb yig‘ladi Furqat, O,Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?

@ 3-topshiriq.Quyidagi gaplardan taqlid so‘zlarni toping, qanday morfologik ko‘rsatkichga ega ekanligini ayting.


1.Chakmanini elkasiga tashlab qumg‘on tagiga o‘t qalayotgan paromchi chol ot dukurini eshinib o‘rnidan turdi.(S.Ahm.)2.Qozonda bo‘lgan masalliqlarning yog‘ bilan aralashib chiqazgan: “jaz-buz” ovozi yuragimning eng nozik joylariga borib taqalardi.(G‘.G‘.) 3. Chol-kampir bir-biriga yalt etib qaradi.(A.Q.) 4.Ovqat mahali kampir juda betoqat bo‘lib o‘tirdi; bir martaba ichidan yig‘i to‘lqinlanib kelganda, o‘zini tutish uchun Asrorqulga xarxasha qildi:-Muncha qurt-qurt qilib chaynaysiz! 5…tiq etgan tovushdan yuragi ming bir ag‘darilib yotgan yigitcha bexosdan ichib qo‘ygan ontining kimga keragi bor? (M.M.D.) 6.Kuloh qah-qah etib kuldi: Nodonsiz, uka! (M.M.D.) 7.-Kelishdi, kelishdi,-degan shov-shuv va dupur-dupur oyoq tovushlari quloqqa chalindi. (O.Y.) 8.Tashlaganda kitelining ko‘kragidan etagigacha qadalgan orden-medallari jarang-jurung ovozga to‘ldirdi.Sharanovskiyning lablarida yana boyagi masxaraomuz tabassum paydo bo‘ldi-yu “lip” etib so‘ndi.(O.Y.) 9. Veteran dik-dik sakray boshlagan qo‘llarini tizzalariga bosdi.(O.Y.)

@ 4-topshiriq. Gaplar tarkibidagi taqlidlarning semantik guruhlarini aniqlang. Qaysi so‘zga bog‘lanayotganligi va sintaktik vazifasini aniqlang.


1. Men haqimda gap-so‘zlar ko‘p shuv-shuv, G‘iybatlarning bo‘ronida zuv-zuv, gunohlarim to‘kiladi duv-duv. (Qo‘shiqdan) 2. Mahallada duv-duv gap. 3. Mayin shamol esadi g‘ir-g‘ir. 4. Qo‘shni uydan chaqaloqning inga-ingasi eshitilardi. 5. Anora qah-qah otib kulib yubordi. 6. Yonginamdan lip etib o‘tib ketganini sezmay qolibman. 7. Qamchi bilan taqa-tuq, Darvozani qoqdi chol. (A.O.) 8. U chirs-chirs yonayotgan olovga termulib o‘tirardi. 9. Devor gup etib quladi. 10. Havo issiq, qilt etgan shamol yo‘q. 11. Zerikkanimdan partadosh qizlarning shivir-shiviriga quloq tutdim. 12. Eshik lang ochiq edi. 13. Shaftolilar hil-hil pishibdi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling