O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
-Mavzu: Sifat va so’z turkumi. Daraja kategoriyasi. Sonning lug’aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Numerativlar
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
- 4-topshiriq
- 6-topshiriq.
- 7-topshiriq.
10-Mavzu: Sifat va so’z turkumi. Daraja kategoriyasi. Sonning lug’aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Numerativlar.
1.Sifat so‘z turkumini o‘rganish. 2.Sifatlarda daraja kategoriyasi. 3.Sifatni morfologik tahlil qilish. 4.Son so‘z turkumi. 5.Sonning ma’no turlarini tahlil qilish. @1-topshiriq.Berilgan gaplardan sifatlarni topib tahlil qiling. 1.-Yo‘q, yo‘q, buvi yomon niyat qilmang.Ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo‘lib ketadi. Yana katta oilalar jam bo‘ladi.(G‘.G‘.) 2.Gursillab yiqildi keksa qayrag‘och.(A.M.) 3.Me’mor beixtiyor xotini bilan qizini ushladi.(Mirm.) 4.Menga haqiqiy hayot, chinakam inson hayoti qaytib keldi. Bilsayding, muhabbatingga, iliq-issiq so‘zlaringga zorman.(S.Ahm.) 5.Sherigi novcha bo‘lganligi uchun qopning og‘irligi usiz ham Komilga tushardi.(O.Y.) 6.Sen chandon uddaburon, badavlat odam emassan…Sen esa baxtiyor, saodatmand odamman, deb boyligingdan mag‘rur bo‘lib yuribsan-da, holbuki, akangga qaraganda qashshoq odamsan.(ertakdan) 7.Yo‘q, uning ro‘parasida chehrasi tiniq, qalin malla sochlarini silliq taragan, egniga ohori to‘kilmagan oq ko‘ylak kiyib, bo‘yniga guldor qizil galstuk taqib olgan, novchagina, bo‘y-basti kelishgan bir odam, to‘g‘rirogi, xushbichim bir yigit turardi.(O.Y.) 8.Bu yorug‘ olamni…bu gavjum bozorni asrash uchun menga o‘xshash pulbezori xayolparast devonalarning xudbinligi xavfliroqmi yoxud pul orttirishdan o‘zga dardi yo‘qlarning xudbinligimi? (X.D.) 9.Uning nozik, ammo haqoratomuz kinoyasi, bot-bot o‘g‘rinsha tikilib qarashlari, xonani betinim aylanishlari Veteranning yuragidagi g‘alayonga g‘alayon qo‘shardi.(O.Y.) 10.Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon, Ul shirin yolg‘onga mendek Aldanib qolg‘on yomon. (E.V.) @ 2-topshiriq.Badiiy asardan sifat so‘z turkumiga oid 10 ta misol toping, qaysi darajada ekanligini ayting. F 3-topshiriq. Berilgan test topshiriqlarini bajaring. 1. Belgi ifodalovchi qanday so‘zlar sondan oldin kelib uning aniqlovchisi bo‘lib keladi? A.Holat bildiruvchi sifatlar B.Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar C.Rang-tus bildiruvchi sifatlar D.Berilganlarning hech biri sonning aniqlovchisi bo‘la olmaydi. 2.Asliy sifatlar berilgan qatorni aniqlang A.Qotma, tonggi B.Bilimli, katta C.Yaxshi, keng D.O‘smir,mevali 3.Ozaytirma darajadagi sifatni aniqlang A.Ozroq, sarg‘ish B.Uzundan-uzoq, ozgina C.Juda oz, yaqinroq D.Kamroq, yolg‘on 4.Qaysi gapda sifat otlashmagan? A.Axir,musulmon odamman aylanay!-dedi Hoji xola. B.kambag‘alni tuyaning ustida it qopar. C.Musofirga yo‘l ko‘rsatish, suv berish savob. D.Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joining past-balandini tekislab bo‘lgandi. 5.Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo‘shimchani toping. A.-iy B.-li C.-simon D.-gi 6.Qanday sifatlar asliy sifatlar bo‘lishi mumkin? A.Sodda yasama sifatlar B.Faqat tub sifatlar. C.Tub, yasama va qo‘shma sifatlar D.Qo‘shma sifatlar. 7.Berilgan sifatlardan qaysi biri asliy sifat sanaladi? A.Qaynatma (sho‘rva) B.Hovliqma (odam) C.Yasama (tish) D.Burama (mix) 8.-in qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A.Chirkin, yog‘in B.Tiqin, yig‘in C.Qo‘shin, otashin D.To‘kin, erkin. 1-kartochka Berilgan savollarga javob bering, gaplarni tahlil qiling.
2-kartochka
G1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Sifat deb qanday so‘zalr turkumiga aytiladi? 2.Sifat darajalari haqida ma’lumot bering. 3.Adabiyotlarda sifat darajalari qanday talqin qilinadi? 4.Sifatda modallik ifodalovchi qanday shakllar bor? 5.Sifatlarning otga ko‘chishi haqida nimalarni bilasiz? 6. Sifatlarning otlashishi nima? @ 2-topshiriq.Quyida berigan gaplardan sifatlarni topib tahlil qiling. 1.Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.Aybdordek maxzun tovushda uzr so‘radi.(O‘.H.) 2.Injiq, cho‘rtkesar do‘stining odatini yaxshi biladi.(O‘.U.) 3.Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi.Hamma yoqda gul:oq, pushti, qizil, sariq, qo‘ying-chi, ming xil tusdagi gullar ochili-sochilib yotibdi.(O‘.U.) 4.Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi.(O.) 5.Ikki o‘rtoq, ikki shirin jon, Yangi uyga bo‘ldilar mehmon.(H.O.) 6.Saman otini bir me’yorda yo‘rg‘alatib borayotgan qotma, xushqomat chol qoramag‘izdan kelgan shiddatli chehrasiga yarashgan qalin qohlarini chimirib, dam orqaga, bog‘lar ortida qolgan Samarqandga tikilar, dam o‘ng qo‘ldagi Urgut tog‘lariga qadalib-qadalib qarar, u bir nimadan bezovtagalanayotganga o‘xshar,chuqur botgan o‘ychan ko‘zlarida ham teran bir qayg‘u, ham allaqanday taraddud sezilib turardi.(O.Y.) 7.Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday tiniq va sof edi-ku.Bu qora bulutlar uning hayotiga qayoqdan yopirilib keldi?(P.Q.). Menga haqiqiy hayot, chinakam inson hayoti kirib keldi.(S.Ahm.)8.U o‘sha yerda muhabbatidek sof, qizlik iffatidek beg‘ubor kishilar safiga qo‘shiladi.(S.Ahm.) @ 3-topshiriq.Quyidagi gaplardan sifatlarni toping, darajasini aniqlang. 1.Anhor bo‘yida terakka suyanib, botib borayotgan quyoshning qizg‘ish shu’lalariga tikildi.(S.Ahm.) 2.Omon sinfdoshlar ichida eng sho‘x, eng urishqoq bola edi. (S.Ahm.).3…bu go‘zal qiz…oq sariq tusda yaratigan edi. Ra’noning sochi gungurt-qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham, quyoshda bir oz sarg‘ish bo‘lib ko‘rinar edi.Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar orqa-o‘ngirini tutib yotar.(A.Qod.).4.U juda insofsiz boy,-dedi temirchi,- ammo surishtirsang, hamma boy bir tekisda insofsiz.(O.) 5.Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin achchiq yomon.(E.V.) 6.-To‘g‘ri xatimiz badxatroq…-dedi Qalandarov va shu bilan dokladni ham o‘zim aytib yozdirtirganman demoqchi bo‘ldi.(A.Q.) G 4-topshiriq.Berilgan har bir shakl ichidagi optiqcha so‘zni toping, nima uchun optiqchaligini tushuntiring. ! 5-topshiriq.Ishchi kitobdan sifatlarning otlashishiga doir 10 ta misol topib tahlil qiling. Qanday morfologik shaklga ega ekanligini ayting. F 6-topshiriq.Berilgan test qoliplarini to‘ldiring. 1.Ma’no jihatidan jamlovchi sonlatar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin turadi? A. B. C. D. 2.Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi? A. B. C. D. 3.Butunning qismini bildiruvchi hisob so‘zlar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A. B. C. D. 4.Otlashgan son berilgan qatorni toping. A. B. C. D. 5. Qaysi qatordagi gap tarkibida son otlshmagan? A. B. C. D. @ 7-topshiriq.Berilgan gaplardan son so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling. 1.O‘n besh yil berishadigan bo‘lsa o‘n yilga, o‘n yilni besh yilga, uch yilga keltirish choralarini qidiraylik, jon singlim. (O.Y.) 2. Kennoyisi ochiqqina, bir qadar shaddod, ayniqsa, bittayu bitta qayin inisini jigargo‘sha ukasidan ham yaqinroq ko‘rar, u bilan hatto sirdosh edi. ( X.D.) 3. Saidiy boshqarmaga birinchi kelganda, indamas Yoqubjon allaqachon muharrirning yonidagi sersavlat bir stolda qog‘ozlar ichiga ko‘milib o‘tirar edi. (A.Q.) 4. Go‘yo u kutgan gaplar satrlar orasiga yashiringanday, xatni qayta o‘qidi, uchinchi marta, oltinchi, sakkizinchi, yuzinchi marta o‘qidi, so‘ng vujudida beadad bir horg‘inlik sezib, tag‘in devorga suyandi-da, tag‘in ko‘zini yumdi. (O.Y.) 5.Ikkalsi uy bilan oshxonani yig‘ishtirdi, tozaladi.(A.Q.) 6.Devorda ikkita surat bor. Ikkalasi ham sarg‘ayib ketgan, bittasi Hasan buvamninki.(O‘.H.)7. Boshimniko‘tarib qarasam, sadaqayrag‘och atrofida g‘uj-g‘uj chumchuq. Biri uchadi, biri qo‘nadi. Voy inlarining ko‘pligini! Bittasi judayam pastda ekan.(O‘.H.) 8. Har bir sandiqqa ikki yarim-uch qopdan kitob ketdi.(O.Y.) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling