O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet39/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

MORFOLOGIYA
Har bir tilning taraqqiyot natijasida shakllangan grammatik qurilishi bo‘ladi. Tilning grammatik qurilishini o'rganuvchi fan shu tilda so‘zlashuv- chilar uchun juda muhim fandir.
Ba’zi so‘zlar leksikjihatdan o'zaro kcskin farqlansalar, grammatikji- hatdan bir-birlari bilan bog‘liq bo‘ladilar. Masalan, daftar, bino, bog‘, xona, hovli, pichoq kabi so‘zlar lcksik ma'nosiga ko‘ra hech bir umumiy- likka ega emas. Ammo grammalik jihatidan ular ot turkumiga kiruvchi so‘zlar sifatidabirlashadilar. Shuning uchun lcksik ma'no xususiylik, gram- matik ma’no esa umumiylik xususiyatiga cga.
Grammatik kategoriyalar mavhumlik darajasi turlicha bo‘lib, so‘z tur- kumlari, kelishiklar, gap kabi kategoriyalarda mavhumlik darajasi ko‘proq, ‘ zamon, shaxs-son kategoriyalarida esa kamroq bo‘ladi.
Grammatik qoida va qonunlar shunchaki tilning “Texnika”si emas, balki ular fikrni ifodalashda tilning qonuniyatlari hisoblanadi. Ko‘pgina tillarda so‘zlar, so‘z birikmalari va gap tarkibida o‘z tovush tarkibini o‘zgar- tiradi, o‘z shaklini o‘zgartiradi. Grammatikaning gap tarkibida so‘z o‘zga- rishi qoidalarini o‘rganuvchi qism morfologiya deb ataladi.
Grammatikaning gapda so‘zlarning birikish qoidalarini o‘rganuvchi qismi sintaksis deb ataladi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning teng huquqli va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi qismlari hisoblanadi.
Morfologiya va sintaksisning mustahkam aloqasini shu bilan izohlash mumkinki, so‘z shaklining o‘zgarishi va bu shakllarining ma’nosini so‘z birikmasidan ayirib o‘rganish mumkin emas. Masalan, kelishik ma’nosini aniqlashtirish uchun so‘z birikmasiga, gapga murojaat qilamiz va faqat gapdagina ushbu shakl ma’nosini ochishimiz mumkin bo‘ladi.
O‘zbektilshunosligidagi muhim nazariy vapraktik ahamiyatga ega bo‘lgan problematik masalalami hal qilish ana shu ko‘rsatmani ma’lum hissa bo‘ladi. Shunday problemalardan biri hozirgi o‘zbek tilida so‘zning, so‘z forma- larining tuzilish tipi bo‘lib, u agglyutinatsiya, “giperagglyutinatsiya”, fuziya, fleksiya kabi hodisalar bilan bog‘langan. Bu hodisalar agglyutinativ tillar guruhiga kiritiladigan fm-ugor, turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys, yapon va shu kabi til oilalariga nisbatangina emas, hatto bitta til oilasiga kiradigan tillarda ham bir xil emas. Masalan. turkiy tillar oilasiga kiruvchi ba’zi tillarda singarmonizm kuchli saqlangam holda, o‘zbek adabiy tilida va shahar shevalarida, deyarli, yo‘qolgan. Binobarin, agglyutinatsiya o‘zbek tilida singarmonizmli tillarga nisbatan boshqacharoq xarakterga ega. Shuning uchun B.A.Serebrennikov “agglyutinatsiyaning” tiplari rang- barangdir, deyishda haqli.
Morfblogiyaning so‘z tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning xususiyatlari- dan kelib chiqadigan masalalari nazariy jihatdan puxta yoritilmas ekan, orfografiya qoidalarini ishlab chiqish, tilning grammatik strukturasini tasvirlaydigan darsliklar, qo‘llanmalar yaratish, o‘quv yurtlaridagi ta’limni asosli va ishonarli qilib olib borish kabi praktik ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaydi.
Agglyutinatsiya tushunchasi tillarning morfologik strukturasiga oid bo‘lib, u jahon tillarini morfologik jihatdan klassifikatsiya qilishga intilish bilan bog‘langan holda yuzaga keldi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling