O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet41/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Reduplikatsiya. Reduplikatsiya o‘zakning to‘liq yoki qisman takrorla- nish holati bo‘lib, u so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va- zifasini bajaradi. Bu avstroindoneziya tillarida ko‘proq uchraydi. Masalan, indoneziya tillarida:
api-olov, api-api-gugurt, solo-sochiq, solo-solo-dastro‘mol.
O‘zakning qisman takrorlanishi ham uchraydi. Masalan, Tagal tilida: moho-qaynatilgan, momoho-pishgan, yetilgan. Yava tilida: lara-bemor, lelara-kasallik, laku-yurmoq, lelaku-sayohat qilmoq.
Ba’zan o‘zakning takrorlanishi ma’nodagi belgining kuchayishini bil- dirsa: Samoan tilida: eva-qadam bosmoq, evaeva-u yoqdan-bu yoqqa yurish; ba’zi tillarda esa takroriy belgining susayishiga olib keladi: vera- issiq, veravera-iliq, dagat-dengiz, dagatdagat-hovuz.
O‘zak tarkibidagi ba’zi tovushlarni o'zgartirish yo‘li bilan takrorlash ham uchraydi. Masalan, o'zbek tilidagi choy-ichmoq, choy-poy mehmon qilish, qog‘oz, qog‘oz-mog‘oz-har xil qog‘ozlar.
Suppletivatsia. Bir so‘zning turli grammatik formalari turli o‘zaklardan paydo bo‘lishi suppletivatsiya deyiladi. Masalan rus tilidagi: xoroshiy — luchshe, ploxoy — xuje, ingliz tilidagi: good — better, best, bad — worse kabi.
Hind — yevropa tillarida bo‘lmoq fe'lining tuslanishi, ayniqsa, suppleti- vatsiyaga yaqqol misol bo'ladi. Masalan, ingliz tilida:

  1. shaxs - am

  2. shaxs - are

  3. shaxs — is ko‘rinishida bo'ladi.

Ikki xil paradigmadagi so‘zlarning yaqinlashib, yagona ma’no kasb etishi ham suppletivatsiyani hosil qiladi. Masalan, ditya-deti, rebyonok- rebyata so'zlarning ditya va rebyata so‘zlarining qo‘llanishi chegaralashib borib, rebyonok va deti so'zlarining o‘zaro bir paradigmani hosil qilishi shunga misol bo‘la oladi.
MORF VA MORFEMA
Morf nutqning morfologik yarusidagi eng kichik ma'no anglatuvchi birligi, morfema esa tilning morfologik yarusidagi eng kichik ma'no anglatuvchi birligidir. Morfva morfemahammavaqt hambir-birigateng kelavermaydi. Til birligi bo‘lmish morfema nutqda bitta morf orqali va ba’zi hollarda bir necha morf orqali ifodalanishi mumkin. O‘zbek tilida otlarda ko‘plik birgina -lar morfemasi bilan ifodalanadi. Bunday hollarda morfva morfema bir-biriga mos keladi. Yoki chiqish ma'nosi kelishik qo‘shimchasi orqali, ya’ni -dan ham xuddi shunday hodisaga misol bo‘la oladi. Lekin jo‘nalish ma'nosi o‘zbek tilida turli qo‘shimchalar bilan amalga oshiriladi: (-ga, -ka, -qa). Bunday hollarda bir morfema uchta morf orqali namoyon bo‘ladi. Odatda bir morfemaga kiruvchi morflami shu morfemaning variantlari yoki allomorflari deyiladi. Demak, allomorf deb turli shaklga ega bo‘lgan, lekin bir xil ma’no anglatadigan va bir morfemaga kiradigan morflaiga aytiladi. Allomorflarga misollar Hind- Yevrupotillaridako‘plabuchraydi: [h] [m] [a] [a] kabi rus tilidagi ko‘plikni ifodalovchi allomorflar shular jumlasidandir.
Morfologiya so‘z shakllarini, so‘zlarning leksik-grammatik jihatdan turlarini, bo‘linishlarini, guruhlarini o‘rganadi. Barcha tillar mustaqil ma’- noli so'zlarning tuzilishi jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
1- Agglyutinativ tillar. Bu guruhga turkiy tillar, Osiyo va Afrikadagi ko'pgina xalqlarning tillari kiradi. Bu tillarda so‘zlar sintaktikbog‘lanishda o‘zak, negizi o‘zgarmasdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri qo'shilib kelaveradi. Masa- lan: ota + m + lar + dan.
2. Flektivtillar. Bu guruhga Hind—Yevropa tillari kiradi. Ularda gram- matik ma'noni ifodalovchi affikslar so‘z o‘zagi bilan juda zich birikib ketadi. Bu hodisa fuziya deyiladi. Masalan: kelishik qo‘shimchalarini qo‘shsak, napma, napm+bt, napm+e tarzida bo‘ladi va so‘z kelishik qo'shimchasisiz to‘la ma’noli so‘z bo'lolmaydi.
Qo‘shimcha ba’zan o‘zakni ham o'zgartirib yuboradi. Vxo - yiuu, dpye - dpy3bn.
Rus tilida fleksiya hodisasi tufayli bitta qo'shimcha bir necha grammatik ma'no bildirishi mumkin. Masalan: Y kojixo3ox dagi — ax qo‘shimchasi ko‘plik son va predlojniy padejini ifodalab keladi. Flektiv tillarda so‘zlaming o‘zagi qo‘shimchalarsiz yakka holda ishlatilmaydi.
So‘zning tub ma'nosi o‘zak yoki negiz orqali ifodalanadi. Tub negiz, yasama negiz bo‘ladi. So‘zlar ma’nodosh qismlarga boiinadi: ish+chi+lar. Ular morfema deb ataladi, o'zakka nisbatan o‘rniga qarab qo‘shimchalar affikslar, suffikslar, prefikslar, postfikslar, infikslarga boiinadi.
So‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar so‘zning leksik ma'nosi bilan bogiiqdir. Bu hodisa lcksika bilan morfologiyaning bir-biriga bogiiq ekanini isbotlaydi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling