O‘zbek tili amaliy grammatikasi
Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi
Download 29.6 Kb.
|
O‘zbek tili amaliy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi
Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi Undosh tovushlarning talaffuzdagi o‘zgarishlari, asosan,yonidagi tovushlarga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasida kombinator variantlar yuzaga keladi. Shuningdek, pozitsion o‘zgarishlar natijasida ham tovushlarning talaffuzidagi o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan: 1) jarangli b,d undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi: kitob-kitop, javob-javop, maktab-maktap, olib-olip, obod-obot, ozod-ozot, avlod-avlot kabi; 2) b,d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon kelganda p,t tarzida talaffuz qilinadi: ibtidoiyiptidoiy, ketdi-ketti, aytdi-aytti kabi; 3) so‘z oxirida yoki o‘rtasida unli tovushdan keyin kelgan v undoshi f yoki p tarzida talaffuz etiladi: aktiv-aktif yoki aktip, Avtoraptir yoki aftir, avtomobil-aftamabil yoki aptamabil, Sobirov-Sobiruf yoki Sobirup kabi; 4) j,z undoshlari sh,s tarzida talaffuz etiladi: ijtimоiy-ishtimoiy, mazkur-maskur kabi; 5) jarangsiz f undoshi p tarzida talaffuz etiladi. Ma’lumki, turkiy tillarda f undoshi bo‘lmagan. Shu sababli arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida kelgan f undoshi p tarzida talaffuz etiladi: Fan-pan, faqat-paqat, fosh-posh, kulfat-kulpat, Orif-Orip, faner-paner, ferma-perma, fabrika-pabrika kabi; 6) z undoshi bilan tugagan so‘zlarga s yoki ch bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda, z tovushi s yoki ch tarzida talaffuz etiladi: yozsa-yossa, kezsa-kessa, qizcha-qichcha, izchil-ichchil, bo‘zchi-bo‘chchi kabi; 7) ch undoshi sh tarzida talaffuz etiladi: uchta-ushta, pochta-poshta, ko‘chdi-ko‘shdi, qochdi-qoshti kabi; 8) so‘z oxirida kelgan k va q undoshlari g va g‘ kabi talaffuz etiladi: kurak-kurag, chelak-chalag, kerak-kerag, yutuq-yutug‘, chiroq-chirog‘, pichoq-pichog‘ kabi.
Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi ham o‘ziga xos bo‘ladi. O‘zlashgan ayrim so‘zlarning talaffuzidagi o‘ziga xoslikni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin: 1.Arab tilidan o‘zlashgan Ra’no, ma’no, da’vo, e’lon, ba’zan, ma’muriyat, ma’mur kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Bu arab tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday cho‘ziqlikning yo‘qolishi ayrim holatlarda boshqa so‘zning talaffuzini yuzaga chiqaradi. Qiyoslang: da’vo-davo, ta’na-tana kabi. 2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish v undoshi jarangsiz f tarzida talaffuz qilinadi: aktiv-aktif, passiv- passif, ustav-ustaf, avtomataftomat, avtomobil- aftomobil kabi. 3.Urg‘u talaffuz me’yorini belgilab beruvchi asosiy hodisadir. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlarning urg‘ulanishiga alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi holatlarda rus tilidan o‘zlashgan ayrim so‘zlardagi urg‘uning o‘zgarib qolishi talaffuz me’yoriga ham ta’sir etadi. Download 29.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling