O‘zbek tili amaliy grammatikasi
Download 29.6 Kb.
|
O‘zbek tili amaliy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologik prinsip
- Tarixiy–an’anaviy prinsip
- Etimologik yoki grafik prinsip .
- Mashq
Fonematik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra harflar so‘z tarkibidagi tovushlar talaffuziga emas, balki fonemalarga moslab yoziladi, ya’ni yozuvda so‘z tarkibidagi fonemaning talaffuzi emas, asli hisobga olinadi: obod>obot, ozod>ozot, mazkur>maskur, fan>pan, fasl>pasl, fabrika>pabrika, harf>harp kabi.
Morfologik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi: ayt+di>aytti, ket+di>ketti, borib+di>boripti, chop+di>chopti, ish+ga>ishka, ket+gan>ketkan, ket+guncha>ketkuncha, zavod+dan>zavottan, ko‘p+dan>ko‘ptan kabi. Tarixiy–an’anaviy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari tarixda qanday yozib kelingan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi. So‘zlarning tarixiy an’anaviy printsipda yozilishidan ko‘proq uslubiy maqsadlarda foydalaniladi: kelgin||kelgil, kelar||kelur, kelarmi||kelarmu, u||ul, bilan||ila kabi. Etimologik yoki grafik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar qaysi xalqning tilidan yoki grafiksidan olingan bo‘lsa, o‘sha qadimgi etimologik yoki grafik holatni saqlagan holda yoziladi: ma’no, she’r, a’lo, muammo, mojaro, fabrika, aeroport, stansiya, telegramma, fotoelement kabi. Mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan. so‘zlarning orfografiyaning qaysi prinsipiga ko‘ra yozilganligini tushuntirib bering. Janob ustod, - murojaat etdi Behzod. Sherning bo‘ynidan zanjirlar uzildimi? Navoiy “yalt” etib qaradi. Keyin kulimsirab dedi: - Haydar aytdimi sizga? U yigitning ko‘ngli g‘oyat beg‘ubordir. Haydar ishontirdiki, - dedi Behzod, - u yolg‘iz menga so‘zlangan. Men u rasmni ko‘rmoqqa mushtoqmen. Qachon ko‘rsatursiz? Meniki bamisoli bolalarning chizmakashligidek bir narsa... – dedi Navoiy qo‘lini silkib. Zanjirband sher o‘z asoratchilariga qarshi yana ham qo‘rqinchliroq bo‘lur, - dedi sekingina Behzod, - Sherning bo‘yni zanjirga itoat qilsa ham, yuragi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok etmaydilar... (Oybek). Download 29.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling