O‘zbek tili fonetikasi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Orfografik belgilar hech qanday tovushni bildirmaydi, bular ma’lum orfografik vazifalarnigina bajaradi. Kirill yozuvida orfografik belgilarni ‘, belgilari tashkil qilsa, lotin yoviga asoslangan o‘zbek yozuvida orfografik belgiga tutuq (‘) belgisi kiradi. Tutuq belgisi ikki vazifani bajaradi. Birinchisi, a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning choziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘’jiza, mo‘’tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi choziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Ikkinchisi, in’om, sa’nat, qat’iy, mas’ul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi. Tutuq belgisi bu asosiy ikki vazifadan tashqari yana c va h harflari ikki tovushni ifodalaganda ularni farqlash uchun ular orasiga qo‘yiladi: Is'hoq, as'hob kabi. Shunday qilib, nutq tovushlarining hosil qilinishi akustik va fiziologik jarayonning ishtiroki natijasida yuzaga keluvchi murakkab hodisadir. Nutq protsessida nutq tovushlarining sotsial qimmati (ma’no farqlovchi qimmati) hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Savollar 1.Qanday organlarga nutq organlari deyiladi? 2.Faol nutq organlarini aytib bering. Nofaol nutq organlari qaysilar? Nutq apparati qanday ishlaydi? Artikulyatsion baza nima? Grafema va harfiy birikmalarni izohlang. Qanday orfografik belgilarni bilasiz? Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling