O‘zbek tili fonetikasi


I Unlilar o‘zgarishi Unlilar reduksiyasi


Download 210.89 Kb.
bet62/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

I Unlilar o‘zgarishi Unlilar reduksiyasi

Bir bo‘g‘inli leksemalarda hamda ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlar oldida kelgan tor unli sonor undosh ta’sirida reduksiyaga uchraydi. Masalan, b(i)lan, b(i)roq, s(i)ra, b(i)r kabi.

Buning sababi shundaki, sonorlar ham, unlilar ham akustik belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Har ikkisi ham ovozdan iborat. Shuning uchun unlidagi ovoz undoshdagi ovoz hisobiga qisqarishi mumkin. Shu bilan birga unli ham, sonor ham funksional umumiylikka – bo‘g‘in hosil qilish funksiyasiga ega. Bulardan turkiy tillar uchun asosan unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchilar sanalsa, roman-german tillarida esa sonorlar ham bo‘g‘in hosil qiladi. Bunga sabab sonorlarning akustik xossalaridir.

Ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi ochiq bo‘g‘inidagi tor unli sirg‘aluvchi undoshlar oldida reduksiyaga uchraydi. Natijada bu leksemaning majburiy varianti maydonga keladi. Masalan, k(i)shi, p(i)shiq, q(i)zil.

Bir va ikki bo‘g‘inli lesemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlardan oldin kelgan tor unlilarning reduksiyaga uchrashi shu leksemalarning uslubiy variantlarining tug‘ilishiga, ya’ni og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos variant bilan badiiy-publitsistik (radio, televidenie, sahna tili) uslubga xos variantning farqlanishiga olib keladi.

Uch bo‘g‘inli so‘z shakllarining leksik morfema qismidagi ikkinchi bo‘g‘inda joylashgan tor unli reduksiyaga uchraydi. Natijada shu leksik morfemalarning majburiy varianti maydonga keladi. Majburiy variant deyilishining sababi shundaki, shu qurshovda bundan boshqa variantning kelishi mumkin emas. Masalan, o‘g‘ilim- o‘g‘lim.

Mazkur leksik morfemaning morfemik qurshovi o‘zgarishi bilan boshqa variantiga almashinadi. Masalan, o‘g‘ilga.

Shunday qilib, morfemik qurshov majburiy variantlarning kombinator turining hosil bo‘lishiga zamin yaratadi.

Polisillabik so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining reduksiyalanishi leksik urg‘u bilan uzviy aloqador. Chunki so‘z bo‘g‘inlarining ko‘payishi bilan so‘zning urg‘usi oxirgi bo‘g‘inga qarab ko‘chib boradi. Shu bilan birgalikda birinchi bo‘g‘in fonetik tuzilishining buzilib ketmasligiga intilish tendensiyasi tufayli, turkiy tillarda polisillabik so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida ham ikkinchi darajali urg‘u mavjud bo‘ladi.1 Ko‘rinadiki, polisillabik so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini ikki urg‘uli bo‘g‘in o‘rtasida qoladi. Bu esa ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining kuchsizlanishiga olib keladi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling