O‘zbek tili fonetikasi


Tayanch termin va iboralar


Download 210.89 Kb.
bet70/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Tayanch termin va iboralar


Singarmonizm, unlilar reduksiyasi, assimilyatsiya, metateza, fonetik moslashtirish, eliziya, aferezis, sinerezis, dissimilyatsiya, fuziya, akkomodatsiya, apokopa.

O‘ZBEK TILIDA SINGARMONIZM TA’SIRIDA O‘ZGARISHLAR

Reja:


  1. Singarmonizm hodisasi.

  2. Singarmonizmning undoshlarga ta’siri.

  3. Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri


O‘zbek tilida singarmonizm ta’siridagi o‘zgarishlar. (Buni bilishingiz shart). Tilshunoslikka oid adabiyotlarda singarmonizmni unlilarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi (garmoniyasi) deb ta’rif beriladi. Ammo singarmonizmning asosiy vazifasi so‘zning chegarasini ko‘rsatishdir. Singarmonizm hodisasi faqat turkiy tillardagina uchraydi.

Singarmonizmning ikki xil turi bor: 1) tanglay garmonisi yoki palatal garmoniya; 2) lab garmoniyasi yoki labial garmoniya.

Tanglay garmoniyasi singarmonizmning asosiy turi hisoblanadi. Palatal garmoniya so‘zining asl ma’nosi til garmoniyasi demakdir. Tanglay garmoniyasida unlilar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Singarmonizmning tanglay garmoniyasi qonuniga binoan so‘zning boshida (o‘zakda) til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasida va oxirida ham til oldi unlisi keladi. So‘z boshida (o‘zakda) til orqa unli kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham til orqa unli keladi, ya’ni o‘zakdagi unlilarga affiks (morfema)lardagi unlilarning moslashuvi, uyg‘unlashuvi shart. Bu hol o‘z navbatida minglab so‘zlarning talaffuzida artikulyatsion qulaylikka olib keladi. Masalan: kelamiz, ketamiz, gullar, temirchilik; baramыz, qыshlag‘ыmыz, ortag‘ыmыz, buyrыg‘i kabi.

Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unlilar ham til oldilik va til orqalik, ham lablanish nuqtai nazardan moslashadi. So‘zning boshida lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. Bunday moslashishni hozirgi qirg‘iz tilida uchratish mumkin. Masalan: qollor, kѳldѳr, bolot, bolvoyt va boshqalar. Lab garmoniyasi o‘zbek tilida butunlay uchramaydi.

Singarmonizm hodisasi, yuqorida ta’kidlanganidek, turkiy tillardan boshqa tillarda yo‘q. lekin bu hodisa turkiy tillarning o‘zida ham bir tekisda uchramaydi. Masalan, boshqird, yoqut, qirg‘iz tillarida singarmonizmning har ikki turi ham mavjud. Turkman tilida esa og‘zaki nutqda asosan lab garmoniyasi uchraydi. Ko‘pgina turkiy tillarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi saqlangani holda labial garmoniya kamroq uchraydi yoki deyarli uchramaydi. Chunonchi, ozarbayjon, turkman, tatar, qozoq, uyg‘ur tillarining ayrimlarida lab garmoniyasining elementlari bor, xolos.

Hozirgi o‘zbek tilida va o‘zbek tilining ayrim shahar shevalarida singarmonizmning har ikki turi ham deyarli yo‘q, ayrim o‘rinlarda uning qoldiqlari uchraydi, xolos. Qolgan bir guruh shevalarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi ancha izchil uchraydi. o‘zbek tilining ayrim shevalarida esa singarmonizmning tanglay garmoniyasi hozirgi kunga qadar to‘la saqlanib qolgan. Bunga qipchoq shevalarining deyarli hammasi, o‘g‘uz shevalari va shimoliy o‘zbek shevalari kiradi.

Eski o‘zbek adabiy tilida esa singarmonizm qonuni ancha izchil va ayrim hollarda to‘lig‘icha amal qilgan.

O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari – unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish hollari ko‘zga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali so‘zlarda tovushlar palatal garmoniyaga muvofiq birikadi: qil, xil, g‘ish, bil, siz, jil va boshqalar. Ba’zan old va orqa qator variantlari ma’no farqlash funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Masalan, tiq-tik.

N.S.Trubetskoy ham turkiy tillardagi unlilar garmoniyasini e’tiborga olgan holda, yuqoridagi sakkizta fonologik qimmatga ega bo‘lgan unlilar sistemasi mavjudligini va ular faqat birinchi bo‘g‘in uchungina xos ekanligini, keyingi bo‘g‘inlar unlisining tembr belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in unlilar ostida ularga muvofiqlashuvini, demakki, tebr oppozitsiyasi neytrallashuvini ta’kidlaydi.

O‘zbek tili uchun singarmonizm o‘tkinchi hodisa bo‘lganligi uchun, bu tilda anglash (pertseptiv) va ajratish (delimitativ) funksiyani leksik urg‘u bajaradi. Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda bo‘lgan hodisaning qoldig‘i sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida ayrim affiksal morfemalarning bir necha palatal va akustik allomorflari mavjud. Bu allomorflar o‘zak morfemaning fonetik xususiyatiga mos holda qo‘llaniladi. Demak, bu hodisa morfonologiyaning o‘rganish ob’ektidir. Masalan, jo‘nalish kelishigining –ga, -ka, -qa, -g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning har qaysisining qo‘llaniladigan shart-sharoitlari mavjud. Shuningdek, chiqish kelishigi akustik variantga: -dan, -tan. Ammo bunday xususiyat barcha affikslar uchun xos emas. Xususan, jo‘nalish kelishigidan boshqa kelishik formalari palatal allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator variantlariga ega emas.



Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin. Masalan, kichik, qiliq, tepki, suzgich, elak kabi. Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida labial garmoniyaning ham qoldig‘i uchraydi: ulug‘, buyuk, ulush, kunduz, uchqun, turg‘un, yugur va boshqalar. Biroq singarmonizmning bu ikki ko‘rinishi ham hozirgi o‘zbek tili uchun qadimgi qonuniyatning izidir.

Bilib oling! O‘zbek tilining ayrim shevalarida, xususan Namangan shevasida singarmonizmning boshqa ko‘rinishi – affikslarning o‘zak fonetik xususiyatiga moslashish emas, balki o‘zak unlilarining affiks unlilari xarakteriga moslashishi kuzatiladi. Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek tilining namangan va paxtaobob shevasiga xosdir. Umlautning uch ko‘rinishi – palatal, labial va lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi bo‘g‘inning orqa qator keng unilisi keyingi bo‘g‘inning tor lablanmagan unlisi ta’siriga berilib, old qator unliga aylanadi. Masalan, namangan shevasida toshi-teshi. Ikkinchi turda birinchi bo‘g‘inning keng lablanmagan unlisi keyingi bo‘g‘inning lablanmagan unlilari ta’sirida lablashadi. Masalan, paxtaobod shevasida temir-to‘mir. Uchinchi turda og‘izning ochilish darajasi o‘zgaradi. Keyingi bo‘g‘inning tor i unlisi ta’sirida birinchi bo‘g‘inning old qator keng unlisi o‘rta keng unliga aylanadi. Masalan, uyg‘ur tilida kesish-kasish.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling