Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri. Singarmonizm morfologiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalardagi barcha affikslarning (morfemalarning) juft-juft bo‘lib bir necha variantlarda uchrashida ko‘rinadi. Affikslar variantlaridan bir qismi singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning o‘zaklaridagi unlilarning xarakteriga moslashgan holda yuzaga kelsa, affiks variantlaridan boshqa bir qismi o‘sha o‘zakdagi undoshlarning xarakteriga moslashgan holda yuzaga keladi. Masalan, o‘zakdagi undoshning burun tovushi ekanligi ta’sirida ba’zan affiksdagi undosh ham burun tovushi bo‘lib keladi: kunlar→kunnar, unlar→unnar kabi. Singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalargadagi boshqa affikslar ham ana shunday yo‘l bilan yuzaga keladi. Shunday qilib, singarmonizm qonuni mavjud bo‘lgan tillarda affikslar (morfemalar) ham singarmonizm qonuniga binoan ish ko‘radi. Singarmonizm qonuniga ko‘ra o‘zakka affiks variantlarining soni bir va ikki juftdan tortib, 3 va 4 juftgacha, hatto, nazariy jihatdan olinganda, 5 va 6 juftgacha ham borib yetishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq shevalarida –lar affiksining assosan 4 ta varianti uchraydi: -zar, -lәr, -nar, -nәr: qoylar, echkilər, otnыnar, kelinnər. Affiks variantlarining juft bo‘lib ko‘rinishi kelishik, shaxs, egalik qo‘shimchalarida ham, fe’llarning affikslarida ham uchraydi. Masalan, qipchoq shevalarida qaratqich kelishigining -ning/-nыng, -ding/-dыng, -ting/-tыng, ba’zi
holda –nung/-ngng kabi variantlari uchraydi; egalik va shaxs affikslarining -mәn/- man, -sәn/-san, -miz/-mыz, -dik/-dыq, -tik/-tыq kabi variantlari, fe’llarning esa -lә/
Do'stlaringiz bilan baham: |