O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet75/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Artikulyatsion baza ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati. Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi: Ekskursiya tovush artikulsiyasining tovush hosil qilishga o‘tish holati.Pauza tovush artikulyatsiyasining tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish) holati. Rekursiya artikulyatsion bazaning asl holiga qaytish holati.

Artikulyatsiya usuli - tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi.

Artikulyatsiya o‘rni - tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan

qismi.


Artofroniya (yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1)

ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.) ziddi.



Assimilyatsiya turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir belgiga ko’ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar kabi.

Artofroniya (yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.) ziddi.

Bo‘g‘in fonetik birlik, o‘pkadan chiqayotgan havoning muayyan oraliqda bir zarb bilan o‘tib ketishi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling