Singarmonizm, palatal garmoniya, labial garmoniya, artikulyatsion qulaylik, umlaut, pertseptiv funksiya, deliminativ funksiya, tovushlarning moslashishi, tovushlar uyg‘unligi, muvozanat, variant,jaranglilik va jarangsizlik, til oldilik va til orqalik, yumshoq varianti, qattiq varianti.
GLOSSARIY
Aferezis ham xuddi eliziya kabi sandhi holatda hosil bo‘lgan ikkita qator unlidan birining reduktsiyalaiishidir. Sandhi holatda bir yerda keluvchi ikkita har xil unlidan birinchisining reduktsiyalanib, o‘z artikulyatsiyasini yo‘qotishi eliziya bo‘lsa, xuddi shunday sharoitda ikkinchi unlining reduktsiyalanishi aferezis sanaladi. Masalan, narsa ersa, nechun uchun va b.
Aksentema - urg‘u.
Allofroniya (yun. allo “boshqacha”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) ziddiyat, qarama – qarshilik; 2) lisoniy birliklardagi har qanday siljishlar lisoniy birlik va uning ma’nolari o‘rtasidagi o‘zgarishlar mantiqdagi ziddiyat terminini lingvistik korrolyati. Masalan, besoqol, soqolsiz ma’nosi bilan birga “bachcha” ma’nosini ham ifodalaydi. Metafora, metonimiya, aksyumoron, enontiosemiya kabilar A.ning ko‘rinishlaridir.
Antropofonik - akustik-artikulyatsion xususiyatlarining oddiy umumlashmasi. Apakopa - fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir qator olinmalarning oxirgi bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy tillarning fonetik qonuniyatlariga moslashtiriladi va bir undosh tushirib qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g’ish,
barg-bak, vaqt-vaq va boshq.)
Do'stlaringiz bilan baham: |