Fonetik so‘z – taktning (agar taktga ajralmasa, frazaning) qismi bo‘lib, bir urg‘uga ega bo’ladi. Fonetik so‘z leksik va grammatik ma’nodagi so‘zga teng kelishi ham mumkin. Masalan, Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar da oltita fonetik va oltita leksik so’z mavjud; Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi jumlasida sakkizta leksik-grammatik, lekin oltita fonetik so‘z mavjud.
Fonetik transkripsiya nutq tovushlarining talaffuz xususiyatlarini aks ettirish uchun ishlatiladigan belgilar sistemasi.
Fonetika – (gr. Phone - tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi. U tovushlar bilan bog’liq bo‘lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi bo’lim sifatida qarash noto‘g‘ri.
Fonologiya – tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |