O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet64/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Metateza


Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas.

O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oraliѓidagi leksema nomemasining o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, yog‘mir-yomg‘ir. Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi kunda ayrim o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va dialektal variantlarning farqlanishiga olib keladi.

Tarixiy variant tarixiy mavzuga baѓishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi. Bu esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi.

Shu bilan birgalikda, o‘zbek tilining hozirgi holatida qo‘llaniluvchi metateza yordamida hosil bo‘lgan leksema nomemasining variantlari mavjud. Masalan, daryo- dayra, faryod-payrad, tuproq- turpoq, to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, kirpik-kiprik va boshq.

Bularning barchasi leksema nomemasining ma’lum uslubga xoslangan variantlaridir. Birinchisi kitobiy uslubga, ikkinchisi esa og‘zaki so‘zlashuv uslubiga mansubdir. Shu bilan birgalikda ayrimlari fakultativ variantlarni ham hosil qiladi. Masalan, qo‘shni-qo‘nshi, qamramoq-qarmamoq.

Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas.

O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oralig‘idagi leksema nomemasining o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, yog‘mir-yomg‘ir. Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi kunda ayrim o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va dialektal variantlarning farqlanishiga olib keladi.

Tarixiy variant tarixiy mavzuga bag‘ishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi.

Bu esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling