O‘zbek tili fonetikasi
Tayanch termin va iboralar
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUTQ APPARATI
Tayanch termin va iboralar.Transkripsiya; transkripsion belgi; diakritik belgi; transliteratsiya; fonetik transkripsiya; fonologik transkripsiya; xalqaro fonetik alfavit; unlilar transkripsiyasi; undoshlar transkripsiyasi. NUTQ APPARATIReja:
Faol (aktiv) nutq organlari. Nofaol (passiv) nutq organlari. Fonetika tovushlarning hosil bo‘lishi, talaffuzi, bo‘g‘in va urg‘uning xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Tilimizdagi barcha so‘zlar nutq tovushlaridan tashkil topgan. Nutq tovushlari ma’no ajratish uchun xizmat qiladi. Ana shu jihati bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Nutq tovushlarini nutq a’zolarimiz hosil qiladi. Nutq tovushlari talaffuz organlarining ma’lum harakati bilan hosil bo‘ladi. Nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi organga nutq organlari deyiladi. Bu organlarning yig‘indisi esa nutq apparati sanaladi. Nutq apparati o‘zining holati va harakatiga qarab ikkiga bo‘linadi: 1.Faol nutq organlari: tovush paychalari, kichik til, til, lab va pastki jag‘lar. 2.Nofaol nutq organlari: ko‘krak qafasi, kekirdak, yuqori jag‘, qattiq tanglay, burun, tish. Demak, nutq tovushlarini hosil qilish uchun xizmat qiladigan a’zolar shartli ravishda nutq apparati deb yuritiladi. Nutq apparati asosan uch qismdan iborat: 1) nafas yoli – nutq apparatining quyi qismi; 2) hiqildoq – nutq apparatining o’rta qismi; tomoq, og’iz va burun bo’shliqlari - nutq apparatining yuqori qismi. B i r i n c h i qismi bo‘g‘izdan pastki qism bo‘lib, unga ikki o‘pka, ikki bponx va traxeya kiradi. Ular o‘zidan tovush chiqara olmaydi, balki yuqoridagi nutq apparatiga havoni yo‘naltiruvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Nutq apparatining quyi qismi o’pka, bronxlar (o’pkada tarmoqlanib ketgan nafas yo’llari), diafragmadan iborat. Havo o’pkadan bronxlar orqali o’tib, tarmoqdagi nafas yo’lidan nutq tovushlarini hosil qiladigan vaziyatda tashqariga chiqib ketadi. O’pkadan chiqqan nafasni tovush hosil qilish holatiga keltirishda ko’krak qafasini qorin bo’shlig’idan ajratib turadigan parda (diafragma) muskullarining xizmati katta. Bu bosqich tovush chiqarish uchun asos sifatida xizmat qiladi. I k k i n ch I s i bo`g`iz bo`shlig`i bo`lib, unga asosan halqasimon tog`ay, ikki piramidasimon tog`ay va qalqonsimon tog`aylar joylashgan. Halqasimon va qalqonsimon tog`aylar tovush paychalarining harakatlarini boshqarib turadi. Nutq apparatining o`rta qismida joylashgan tovush paychalari nomi bilan yuritiladigan elastik muskullar va bu muskullarni harakatga keltiruvchi tog`aylar nutq tovushlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ovoz nutq apparatining o’rta qismida (hiqildoqda), nafas yo’lida paydo bo’ladi. Elastik muskullardan iborat bo’lgan tovush paychalarining yuqoridagi qismi qalqonsimon kemirchakka, quyi qismi esa halqasimon kemirchakka yopishgan piramida shaklidagi cho’michsimon ikki kemirchakka bo’g’langan. Shu kemirchaklarning yordami bilan tovush paychalari harakatga keladi.Hiqildoqda ko’ndalang turgan tovush paychalarini goh ochiladi, goh yopiladi. Tovush paychalari oralig’ining torayishi va o’pkadan chiqqan nafasning tovush paychalarini titratishi, tebratishi natijasida ohangdr tovushlar yuzaga keladi. Nutq apparatining u ch i n ch i qismiga bo`g`iz va tomoq, og`iz va burun bo`shliqlari, til va tanglay, lab va tish, hiqildoq kabilar kiradi. Bular turli tovushlarni vujudga keltirish bilan birga, shovqin, tovush va ovozni kuchaytirish, qo`shincha ranglar hosil qilish kabi xususiyatlarga ega. Tomoq, shuningdek, og`iz va burun bo`shliqlari tovushni kuchaytirib beruvchi rezonatorlik vazifasini bajaradi. Og`iz bo`shlig`I yuqori tomondan qattiq va yumshoq tanglay, pastdan jag` bilan til osti o`rtasida joylashgan muskul, yon tomondan lunjjar bilan chegaralanib turadi. Og`iz bo`shlig`ining pastida til va uning negizi, tubi, tilning orqa, o`rta va old qismlari, pastki qator tishlari, so`ngra ostki lab joylashgan. Og`iz bo`shlig`ining yuqorisida kichik til, yumshoq tanglay, tanglay va uning old qismi, yuqori qator tishlar va ustki lab joylashgan. Agar yumshoq tanglay yuqori tortilib, kichik til orqaga surilsa hamda tomoqqa taqalsa, burun bo`shlig`iga o`tadigan havo yo`li to`siladi va nafasning og`iz bo`shlig`idan o`tishi natijasida og`iz tovushlari paydo bo`ladi. Yumshoq tanglay pastga tushirilib, kichik tiloldinga surilsa, og`iz bo`shlig`idan o`tadigan havo yo`li to`siladi, nafas burum bo`shlig`idan o`tadi va burun tovushlari hosil bo`ladi. Nutq apparatining yuqori qismi – hiqildoqning etagi, bo’g’iz va tomoq, og’iz va burun bo’shliqlari,til va tanglay, lab va tish asosiy nutq o’rganlari bo’lib, bu organlar nutq tovushlarining rang-barang turlarini vujudga keltiradi. Shunday qilib, diafragma, o’pka, bronx va traxeya havo o’tkazuvchi manbalar ekan. Ulardan o’tgan havo oqimi nutq tovushlarini hosil qilishda harakatlantiruvchi sifatida xizmat qiladi. Hiqildoq ovoz paydo bo’ladigan manba hisoblanadi. Tomoq, og’iz va burun bo’shliqlari esa oberton va rezanatortonlar manbaidir. Og’iz bo’shlig’idagi organlarning siqilishi va bir-biriga yaqinlashuvi natijasida turlicha shovqinlar hosil bo’ladi. Ko‘krak qafasi qobirg‘a, o‘pka, kekirdakdan iborat.O‘pkadan chiqqan havo kekirdak orqali og‘iz bo‘shlig‘iga kelib, turli to‘siqlarga uchraydi. Tovush paychalari tomoqda kekirdak yuqorisida joylashgan mayda lastik muskulchalardan iborat. Tovush paychalari unli tovush hosil qilishda harakatga keladi. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar ham ikkiga bo‘linadi. Tovush paychalari harakatga kelib taranglashganda va ular oralig‘i bir-biidan uzoqlashganda, jarangli undoshlar hosil bo‘ladi. Tovush paychalari harakat qilmasa, jarangsiz undoshlar hosil bo‘ladi. Kichik til chuqur til orqa va burun tovushlarini hosil qilishda qatnashadi. Og‘iz bo‘shlig‘i hajm va shakl jihatdan har xil tusga kira oladi. Bunda til harakati bilan pastki jag‘ harakati muhim rol o‘ynaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i umuman tovush hosil qilishda bosh rezanatorlik vazifasini bajaradi. Til og‘iz bo‘shlig‘idagi eng harakatchan nutq organidir. Tilning harakati va holatiga ko‘ra unlilar tor, o‘rta va keng fonemalarga bo‘linadi. Pastki jag‘ harakatchan nutq organlaridan biridir. Uning harakati natijasida og‘iz bo‘shlig‘i turli hajm va shaklga ega bo‘ladi. Unlilar tasnifida tor, o‘rta, keng unlilarning farqlanishida tilning ko‘tarilishi va tushish darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. Tish passiv nutq organidir. Tish til oldi, tish va lab-tish tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Lab lablashgan tovushlarni, shuningdek, ba’zi portlovchi tovushlarni hosil qilishda faol ishtirok etadi. Burun passiv nutq organidir. U tovush hosil qilishda qo‘shimcha rezonans vazifasini bajaradi. O‘pkadan kekirdak orqali kelayotgan havo oqimining bir qismi kichik til orqali boshqarilib, burun bo‘shlig‘i yo‘li bilan tashqariga chiqadi, natijada tovush tembrida qo‘shimchcha ohang hosil bo‘ladi. Lekin bunday vaqtda ham havoning (ohangning) asosiy qismi asosiy rezonator bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqadi. Yozuv sistemasida bir nutq tovushining emas, balki nutq tovushlaridan ikkitasining birikmasini ifodalaydigan ye, yo, yu, ya kabi shakllar kirill yozuvida qo‘llanadi. Bu shakllar grafema deb ataladi. Grafemalarning birinchi elementi til o‘rta y undoshi va ikkinchi elementi e, o, u, a unlilarining birisidan iboratdir. Lotin yozuviga asoslangan yozuvda esa bir tovushni ikki shakl orqali ifodalanish hodisasi mavjud. Ularni harflar birikmasi deb nomlashadi. Bular: ng, ch, sh harfiy birikmalaridir. Ng n g harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik, ish, pishiq;
Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling