O‘zbek tili fonetikasi


Lablanishlik-lablanmaslik belgisi


Download 210.89 Kb.
bet16/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Lablanishlik-lablanmaslik belgisi


O‘zbek adabiy tili unlilari uchun yana bir farqlovchi belgi lablanish- lablanmaslikdir. Bu farqlovchi belgi ham barcha turkiy tillar unlilari uchun tipik sanaladi. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra unlilar binar zidlanishga ega bo‘ladi: а, ä, i, ï – lablanmagan unlilar; о, ö, у, ÿ – lablangan unlilar. Ko‘rinadiki, har qaysi lablangan unliga lablanmagan unli mos keladi.

Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra binar moslik ko‘p hollarda buzilishi mumkin. Bunday nomuvofiqlik lablanmagan unlilarning nutq jarayonida lablanishida va lablangan unlining lablanish belgisini yo‘qotishida kuzatiladi. Xususan, o‘zbek, boshqird, tatar tillarida «a» ning lablanishi kuzatiladi. Boshqird, tatar tillarida nutq







1 Қаранг: Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков.- Л.: Наука, 1970. –С.28.

2 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С. 27-33.

jarayonida «a» ning lablanish belgisiga ega bo‘lishi bu unli fonemaning kombinator variantini hosil qilsa, o‘zbek tilida dastlab variant holida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik qimmatga ega bo‘ladi.1

O‘zbek tili fonetikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda «o» fonemasi-ning artikulyatsion-akustik belgisi turlicha talqin etiladi. Ayrim mualliflar lablangan unli desalar2, boshqa tadqiqotchilar lablanish belgisini inkor qiladilar.

Jumladan, prof. M.Mirtojiev bu ikki unli haqida quyidagilarni yozadi: «Yana o‘zbek tilida «o» unlisi va Buxoro-Samarqand shevalariga xos «o» unlisi bor. Bularda tilning old va orqa qismi bir xil holatda bo‘ladi. Shunga qaramay, uning urinib o‘tish joyi tilning orqasi bo‘lgani uchun, ularni ham til orqa unlisi deb qaraladi... O‘zbek tilida lablangan unlilar bir necha: u, ü, ö, ө. Yana Buxoro- Samarqand shevalariga xos «o» unlisi ham lablangan bo‘lib, uning lablanishi boshqa lablangan unlilarga nisbatan juda pastdir. «o» unlisini ba’zi adabiyotlarda lablangan deb ham qayd etiladi. Buning asosi bor. Chunki u lab tovushlari bilan yondosh qo‘llanganda, albatta, lablangan talaffuzga ega bo‘ladi. Biroq boshqa hollarda esa u lablanmaydi. Bu esa uning assimilyativ lablanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Asosan esa, bu tovush lablanmagan deb qaralishi kerak».3 Yuqoridagi parchani o‘qigan har qanday fonologiyadan xabardor bo‘lgan o‘quvchi til sistemasida paradigmatik munosabatdagi unli fonema bilan uning sintagmatikadagi turli o‘zgaruvi (modifikatsiyasi) qorishtirilayotganligini payqaydi.

O‘zbek tili fonetikasi (fonologiyasi) tarixi bilan shug‘ullangan yirik turkologlar


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling