O‘zbek tili fonetikasi
«o» fonemasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr bildiradilar. Ko‘pchilik «o»
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
«o» fonemasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr bildiradilar. Ko‘pchilik «o» fonemasi o‘zbek tilida umumturkiy orqa qator, keng, lablanmagan unlining nutq jarayonida, muayyan fonetik qurshovda lablangan variantda talaffuz qilinishi va davrlar o‘tishi bilan bu variantning fonologik qimmatga ega bo‘lib, mustaqil fonemaga aylanganini ta’kidlaydilar.
Ye.D.Polivanov o‘zbek tilidagi singarmonizm qonuniyatining yo‘qoli-shi, unlilarning qatorga ko‘ra binar zidlanishining mo‘’tadillashuvi, keng, lablangan unli fonemaning («o») vujudga kelishini tashqi omil bilan, eroniy tillarning ta’siri bilan bog‘lagan edi.4 F.A.Abdullaev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, singarmonizmning yo‘qolishidek yirik hodisani tilning o‘z ichki taraqqiyotini hisobga olmasdan, faqat tashqi ta’sir asosida tushuntirish turkologlar o‘rtasida haqli ravishda turli e’tirozlarning tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi.5 Shuningdek, o ning kelib chiqishini faqatgina divergensiyaga bog‘lab qo‘yish ham mumkin emas. Chunki bir qator o‘zbek shevalari materiallari shuni ko‘rsatadiki, singarmonizm saqlanib qolgan holda ham birinchi bo‘g‘inda paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli A.K.Borovkov o ning hosil bo‘lishini konvergensiya bilan birga pozitsion holat bilan ham bog‘lab asoslaydi. 1 Шакиров Р.Д. Фонетический особенности говора татар. // Материалы по диалектологии. -Казань, 1955.-С.39. 2 Маҳмудов А. Унлилар. Умумий фонетикадан материаллар. -Тошкент: Фан, 1992; Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология и узбекский литературный язык. -Ташкент: Госиздат, 1933; Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси. -Тошкент: ўқитувчи, 1992. –Б.52. 3 Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.19. 4 Поливанов Е.Д. Звуковой состав ташкентского диалекта.//Наука просвещения. -№1,1922. -С.17. 5 Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967. -С. 42; Березин Ф.М. История лингвистических учений.- М.: Высш. шк.,1975. -С. 84. O fonemasining paydo bo‘lishi va uning lablanish darajasi haqida xilma-xil fikrlar bayon qilingan. Ularning barchasiga o‘z munosabat-larimizni bildirib o‘tirmasdan, A.Abduazizovning quyidagi fikrini keltirish bilan cheklanamiz: «Har ikki ta’sir (ichki va tashqi - D.N.) natijasida a fonemasi divergensiyaga uchragan, ya’ni ikki fonemaga ajralgan.1 Ye. D. Polivanov formulasi bo‘yicha a : b - c, ya’ni s elementi a va b elementlariga ajralgan. Natijada o‘zbek tili vokalizmida barcha til oldi unlilari i, e, a lablanmagan va barcha til orqa unlilari u, o‘, o lablangan bo‘lib, ikki teng simmetrik guruhga ega bo‘lgan. Aslida a fonemasining o‘z juftiga ega bo‘lmagani bu sistemada bo‘sh katak qoldirilgan: Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling