O‘zbek tili fonetikasi


Tayanch termin va iboralar


Download 210.89 Kb.
bet25/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Tayanch termin va iboralar


Asosiy belgilar, qo‘shimcha belgilar, indifferent, konvergent, geminata, kenglik-torlik, lablanishlik-lablanmaslik, qator belgisi, nazallik belgisi, cho‘ziq - qisqalik belgisi, markaziy belgilar, relevant belgilar, chegara belgilar, irrelevant belgilar, oppozitsiya.


O‘ZBEK TILI KONSONANTIZMI

Reja:


    1. Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari.

    2. Undoshlarning qo‘shimcha, fonologik nomuhim belgilari.

    3. Undoshlar tavsifi (xarakteristikasi).

Fonemaning muhim funksional belgisi distinktivlikdir.1 Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha, ikki narsa bir- biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar muhim o‘rin egallaydi.

Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi.

Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‘zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasini bajaradi.2






1 Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38

2 Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39

Tovushlar o‘zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‘zaro zid munosabatda bo‘ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma’lum zidlanishning a’zosi bo‘ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim bo‘lmagan belgilarga ham ega bo‘ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini ajratish katta ahamiyat kasb etadi.

Undosh fonemalarning muhim belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmagan belgilar bo‘lishi mumkin.1 Kamida ikki fonema o‘rtasida zidlanishga asos bo‘lgan belgilardan birining birida bor, ikkinchisida yo‘qligi bilan ajralib turadigan belgi korrelyativ belgi hisoblanadi. Belgilar majmuasi faqat birgina fonemaning o‘ziga xos bo‘lsa, bunday belgilar korrelyativ bo‘lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t» fonemasida jarangsizlik belgisi asosiy va korrelyativ belgidir. Chunki xuddi shu fonemaning asosiy belgilariga ega bo‘lgan, ammo undan boshqa korrelyativ belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d» fonemasi bor.2

Undosh fonemalar o‘rtasidagi munosabatning turlicha tasnifi uchraydi. Masalan, L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida o‘zaro oppozitsiyaga kirishi mumkinligini, bu besh belgi, o‘z navbatida, uch guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‘rsatadi.3

Paydo bo‘lish o‘rni va usuliga ko‘ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‘ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka ko‘ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.4

O‘zbek tilida undoshlarning fonologik oppozitsiyasini quyidagicha guruhlash mumkin: asosiy aktiv organga ko‘ra (paydo bo‘lish o‘rni va usuli belgisi); ovozning ishtirokiga ko‘ra.5


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling