O‘zbek tili fonetikasi
Cho‘ziq - qisqalik belgisi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Cho‘ziq - qisqalik belgisiTurkiy tillarda unlilar miqdoriy belgisiga ko‘ra ham oppozitsiyaga kirishadi. Bu belgiga ko‘ra unlilar cho‘ziq unlilar va qisqa unlilarga bo‘linadi. Ayrim adabiyotlarda miqdoriy belgisiga ko‘ra uch darajadagi cho‘ziqlik mavjudligi va shunga ko‘ra unlilar ham uch guruhga bo‘linishi ko‘rsatiladi: cho‘ziq unlilar, qisqa (me’yordagi) unlilar va o‘ta qisqa unlilar.4 Qisqa unlilar odatdagi (me’yordagi) monoftonglar kabi voqelanadi. Cho‘ziq unlilar esa monoftong holida ham, diftong holida ham yuzaga chiqishi mumkin. A.M.Shcherbakning ta’kidlashicha, unlilarning cho‘ziqlik va qisqalik belgisiga ko‘ra zidlanishi oltoy, gagauz, qirg‘iz, tofalar, tuva, turkman, xakas va yoqut tillari fonologik sistemasida muhim rol o‘ynaydi. Unlilarning cho‘ziqlik belgisi ko‘pchilik adabiyotlarda birlamchi cho‘ziqlik va ikkilamchi cho‘ziqlikka bo‘linadi. Birlamchi cho‘ziqlik turkiy tillarning bobotil davridan beri mavjud bo‘lsa, ikkilamchi cho‘ziqlik har qaysi turkiy tilda turli fonetik o‘zgarishlar ta’sirida o‘ziga xos yo‘l bilan keyinchalik paydo bo‘lgan. Xususan, unlidan keyin kelgan undoshning tushishi hisobiga unlining cho‘zilishi turkiy tillarda keng tarqalgan hodisa sanaladi. Masalan, oltoy tilida tu: «tog‘», su: «suv», mu:s «muguz»; gagauz tilida cha:r «chaqir», si:r «sigir», bu:n «bugun», do:ru «to‘g‘ri»; tuva tilida o:l «o‘g‘il» va boshqalar. O‘zbek adabiy tili uchun cho‘ziqlik belgisi farqlovchi belgi hisoblanmaydi. Lekin bir qator o‘zbek shevalarida, xususan, o‘g‘iz shevalarida birlamchi cho‘ziqlik uchraydiki, bunday holda u fonologik qimmatga ega bo‘ladi. Cho‘ziq unli bilan qisqa unli bir fonetik sharoitda o‘zaro almashinib, ma’no farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, i:-i zidlanishi: i:ch (ot)-ich (ichmoq), di:z (tizza) – d:z (tizzalamoq), ki:r (yuvilgan yoki yuviladigan mato)- k:r (toza emas), i:n (uya)-in (tushish); ы:-ы zidlanishi: qы:r (tepalik) - qыr (yo‘qotmoq), qы:z (qiz) - qыz (qizishmoq), sы:x (six) - sыx (qismoq); 1 Отамирзаева С. Звуковой состав наманганского говора узбекского языка. Автореф.дисс...канд.филол.наук. 1963. -С.4 2 Джуманазаров Ю. Морфологические особенности хорезмского говора. Автореф.дисс...канд.филол.наук. -Ташкент, 1963. 3 Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 56. 4 Шакиров Р.Ф. Ўша асар. -С.47. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling