O‘zbek tili fonetikasi
u:-u zidlanishi: bu:z (muz) - buz (buzmoq), u:ch (uchi) - uch (uchmoq), du:z (tuz) - duz (tekislik); e:-e
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
u:-u zidlanishi: bu:z (muz) - buz (buzmoq), u:ch (uchi) - uch (uchmoq), du:z (tuz) - duz (tekislik);
e:-e zidlanishi: ge:ch (kech) - gech (tun), er (er kishi) - e:r (erta), esh (eshmoq) - e:sh (o‘rtoq); o:-o zidlanishi: o:t (organizm, o‘t)-ot (o‘tmoq), o:r- (qaysar) or (o‘rmoq), go:r (qabr)-gor (ko‘rmoq); o:-o zidlanishi: o:t (olov) - ot (maysa), qo:y (qo‘y), - qoy (qoldirmoq), o:y (kavlamoq) - oy (o‘y, fikr) va boshqalar. a:-a zidlanishi: a:d, a:t (ism) - at (hayvon), a:sh (ovqat) - ash (orttirmoq, o‘tmoq), da:sh (tosh)-dash (toshmoq), ya:t-(begona)-yat (yotmoq), ya:n (yon tomon)- yan (yonmoq), sa:ch -(soch)-sach (sochmoq) va boshqalar.1 Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining o‘g‘iz shevalarida cho‘ziq va qisqa unlilar zidlanishi ma’no farqlash uchun xizmat qiladi va fonologik qimmatga ega bo‘ladi. O‘zbek tili shevalarida ikkilamchi cho‘ziqlik (buni fakultativ cho‘ziqlik ham deyiladi) ko‘p uchraydi. Bunday cho‘ziqlik o‘g‘iz shevalarida ham, qipchoq shevalarida ham keng tarqalgan. Bunday ikkilamchi cho‘ziqlik (fakultativ cho‘ziqlik) o‘g‘iz va qipchoq shevalarida, ba’zan qorluq shevalarida ham y, g, g‘, ng, h singari undoshlarning tushishi va buning hisobiga tushayotgan undosh oldidagi unlining cho‘zilishi natijasida yoki tushayotgan undosh intervokal holatda bo‘lsa, ikki tomonda kelgan unlining qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Undoshning ikki tomonida kelgan unlilar bir tipdagi va turli tipdagi unli bo‘lishi mumkin. Masalan, qipchoq shevalarida: o‘:l (o‘g‘il), o:r (og‘ir), ba:r (bag‘ir) va boshqalar. Shu bilan birgalikda, ayrim o‘zbek shevalarida fonologik vazifa bajarmaydigan o‘ta cho‘ziqlik - emfatik cho‘ziqlik ham uchraydi. Bunday cho‘ziqlik Namangan shevasida ko‘proq kuzatiladi. Ayniqsa, hozirgi-kelasi zamon shakli sistemali ravishda emfatik cho‘ziqlik bilan talaffuz qilinadiki, bu xususiyat Namangan shevasini boshqa shevalardan farqlab turadi. Masalan, mem b’lme:me: (men bilmayman), sem b’lme:se: (sen bilmaysan), u b’lme:d’ (u bilmaydi). Shunday qilib, unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisi o‘zbek adabiy tili uchun relevant belgi bo‘lmasa ham, lekin o‘zbek shevalarida uchrab turadi. Birlamchi cho‘ziqlik o‘zbek tilining iqon-qorabuloq2 shevalariga xos bo‘lib, bu shevalarda cho‘ziq-qisqalik fonologik vazifa bajaradi. Ikkilamchi cho‘ziqlik esa deyarli barcha shevalarda uchraydi va sintagmatik aspektda hosil bo‘lib, unlini sifat jihatidan ma’lum o‘zgarishga uchratsa ham, ammo fonologik qimmatga ega bo‘lmaydi. Xullas, o‘zbek adabiy tili unlilari uchun og‘izning ochilish darajasi (keng, o‘rta keng, tor) va labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan va lablanmagan) belgilari farqlovchi belgilar sanaladi. Unlilarning boshqa belgilari (nazallik, cho‘ziqlik, qator belgisi) unlilar variantlarini tavsiflashda ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha belgilar sanaladi. Asosiy belgilar unlilar paradigmatikasiga, qo‘shimcha (fakultativ) belgilar unlilar sintagmatikasiga xos hisoblanadi. 1 Абдуллаев Ф.А. Ўша асар. –Б.47-48 2 Юдахин К.К. Некоторые особенности карабулакского говора. -Ўзбек диалектологиясидан материаллар. Т.1.-Тошкент: Ўзб ССР ФА нашриёти, 1957. –Б.32. chi? Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling