O‘zbek tili fonetikasi
Tovushning miqdor belgisi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Tovushning miqdor belgisi deyilganda odatda tovushning cho‘ziqligi nazarda tutiladi. Tovushning cho‘ziqligi uning talaffuz qilinishicha, ko‘p vaqt ketgan tovushlar cho‘ziq tovushlar deb ataladi. Lekin nutq tovushlari uchun absolyut cho‘ziqlikning qimmati yo‘q. chunki nutq tovushlarining qimmati o‘zining tabiiy (nisbatan cho‘ziq, nisbatan qisqa) vaqti bilan belgilanadi. Biroq “miqdor belgisi” degan iboraning nutq tovushining cho‘ziqliligiga nisbatan shartli ravishda qo‘llanilishini unutmaslik kerak. Chunki ayrim tillarda, kam bo‘lsa-da, ma’no ajratish uchun xizmat qiluvchi cho‘ziklik ham uchraydi. Bu esa nutq tovushining sifat belgisidir. (Bu haqda vokalizm mavzusida batafsil to‘xtalgan)
Shuni ta’kidlash zarurki, fonologik cho‘ziqlik sifat o‘zgarishiga olib kelsa, fonetik cho‘ziqlik miqdor o‘zgarishiga olib keladi. Shunday qilib, ayrim tillarda prinsipial (ma’no ajratuvchi) cho‘ziq tovushlar mavjud. Ular shu tilning tabiatiga xos bo‘lgan birlamchi - fonologik cho‘ziq tovushlardir. Shuningdek, ikkilamchi – fonetik cho‘ziqlik ham bo‘lib, ular keyingi davrda yuzaga kelgan. Bunda tovushning cho‘ziqligi urg‘uga yoki pozitsiyaga bog‘liq bo‘ladi. Bunday cho‘ziqlik odatda hamma tillarga xos bo‘lib, nutq jarayonida ko‘p uchraydi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, rus tilshunoslari1 fonetik cho‘ziqlikni cho‘ziqlikning asosiy turi deb hisoblaydilar. Ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsion baza deb ataladi. Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi:
Ekskursiya — tovush hosil qilishga o‘tish. Pauza—tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish). Rekursiya — asl holiga qaytish. Artikulyasiyada ikki hodisa juda muhim rol o‘ynaydi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli. 1 Қаранг: Матусевич М.И. современный русский язык. Фонетика. –М., 1976, -С: 30. Tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi artikulyatsiya usuli deyiladi. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling