O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
k (ruch – k – a, trop – k – a, poch – k – a, prob – k – a)
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
k (ruch – k – a, trop – k – a, poch – k – a, prob – k – a).
Morfonema tushunchasi turkologiyaga ham kirib keldi. Xususan, M.Zakiev mazkur tushunchani yoqladi, an’anaviy alternatsiyalarni pozitsion
10 Реформатский А.А. Фонологические этюды. – М., 1975. – С.116 – 118; яна қаранг: История советского языкознания. Хрестоматия. – М., 1981. 11 Бернштейн С.Б. Кўрсатилган асар. – С.59. 12 Чургунова В.Г. Кўрсатилган асар. – Б.37 – 38. almashinuvlardan ajratmagan holda almashinuvchi fonemalar kompleksini morfonema deb hisoblaydi. 13
yozadi: «Morfonologiya grammatikaga ham, fonologiyaga ham kirmaydi, lekin ularning birligi bo‘lgan fonema va morfemadan foydalanadi. Ba’zi tilshunoslar tomonidan taklif etilgan «morfonema» termini (G.Ulashin, N.S.Trubetskoy va h.k.) o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki u fonemalarning morfemalardagi almashuvi (masalan, «ruka – ruchka»da k(ch) natijasida bir yo‘la ikki fonemaga to‘g‘ri keladi».
14
Darhaqiqat, fonema variantlari morfema tarkibida uni tashkil etuvchi eng kichik birlik sanalar ekan va fonema konkret morfema va so‘zlar tarkibida turli variatsiyalarga uchrar ekan (Moskva fonologik maktabi konsepsiyasi bo‘yicha), demak, morfema va so‘z tarkibidagi har qanday tovush almashinuvlari fonemalar doirasida yuz beradi. Tilshunoslikda hamma sathlarning o‘z birligi bo‘lishi shart emas. Masalan, morfonologiyadan tashqari, so‘z yasalishi ham ikki sath birliklari (yasalish usuli morfemika bilan bog‘liq bo‘lsa, yasalma leksema sifatida leksikologiyaning, so‘zforma sifatida morfologiyaning tekshirish ob’ekti bo‘ladi) bilan ish ko‘radi. Shunday qilib, hozirgi kunda til strukturasining fonologiya bilan morfemika sathlari oralig‘ida morfonologiya sathining mavjudligi ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan tan olindi. A.A.Abduazizov ta’kidlaganidek, morfonologiyani alohida til bosqichi deb hisoblab, unga tegishli barcha xususiyatlarni o‘rganish tilning ichki strukturasidagi ba’zi payqalmay qolgan alomatlarni aniqlashda katta yordam beradi.
Grammatikaning boshqa bo‘limlari singari morfonologiya ikki asosiy ma’noda qo‘llanadi: birinchidan, ma’lum qurshovda morfema tarkibidagi har qanday fonologik o‘zgarish holatlari yoki o‘zgarish sistemasi; ikkinchidan, shu o‘zgarishlarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Har qanday o‘zgarishni tovushlar, fonemalar yoki fonemalar kompleksining almashinuviga kiritish mumkin. Shuning uchun morfonologiyaning asosiy o‘rganish ob’ekti sifatida almashinuvchi tovushlar, fonemalar, fonemalar kompleksi qaralishi lozim. Tilshunoslikning boshqa bo‘limlarida o‘rganilmaydigan quyidagi masalalar morfonologiyada o‘rganilishi kerak:
1. So‘z va bo‘g‘inning fonologik strukturasi. 2. So‘z va morfemaning ma’lum qurshovdagi variatsiyalari: a) agglyutinatsiya jarayonida almashinuvlar. Singarmonizm; b) kompozitsion so‘z yasalishi va analitik forma yasalish jarayonidagi fonetik o‘zgarishlar. Aksent – ritmik strukturaning o‘zgarishi; v) reduplikatsiya jarayonidagi fonetik o‘zgarishlar. O‘zak qisqaruvi.
13 Закиев М. О тюркской морфологии // Советская тюркология. 1984. №1. 14 Ўша ерда. |
ma'muriyatiga murojaat qiling