O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
So‘z va bo‘g‘in tuzilishi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
1. So‘z va bo‘g‘in tuzilishi
So‘z tuzilishi Turkiy tillar arxitektonikasi uning o‘zak morfemasining bir bo‘g‘inliligi bilan xarakterlanadi. 15 Bir bo‘g‘inli o‘zak morfemalar to‘rt xil fonetik strukturada uchraydi: undosh + unli + undosh (SGS), undosh + unli (SG), unli (G). O‘zak morfemaning bunday fonetik strukturalaridan qaysi biri birlamchi ekani masalasida turkologlar o‘rtasida bir xillik yo‘q. Xususan, N.A.Baskakov qadimgi turkiy o‘zaklar bir bo‘g‘inli va uch tovushli (SGS) bo‘lganini, o‘zakning boshqa fonetik strukturalarini birlamchi SGS tipidagi o‘zakdan kelib chiqqanini ta’kidlaydi. N.A.Baskakov fikrini Sh.X.Oqboev, Sh.Shoabdurahmonov va A.Ishaev ham ma’qullaydilar. 16
B.M.Yunusaliev fikricha, qadimgi turkiy o‘zaklarning birlamchi fonetik strukturasi SG tipida bo‘lgan. SGS strukturadagi uchinchi undosh grammatik funksiya bajargan. 17 Shunday fikr A.Ye.Kononov tomonidan ham ta’kidlanadi. 18
Qadimgi turkiy o‘zaklarning anlauti masalasi, darhaqiqat, qadimgi bir bo‘g‘inli o‘zaklarning fonetik strukturasiga nazar tashlansa, unli bilan boshlangan o‘zaklar juda oz qismni tashkil etadi. Masalan, A.M.Shcherbakning turkiy tillar qiyosiy fonetikasiga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan qadimgi turkiy bir bo‘g‘inli so‘zlar lug‘atida jami 473 ta o‘zak keltiriladi. Shulardan 408 tasi undosh bilan, faqat 81 tasi unli bilan boshlanadi. Demak, unli bilan boshlangan so‘z atigi 17 foizni tashkil qiladi, xolos. Bu esa N.A.Baskakovning fikrida jon borligini ko‘rsatadi. Hozirgi o‘zbek tilida SGS tipidagi turkiy o‘zak morfemalar anlautida ng undoshidan boshqa barcha undosh fonemalar kela oladi. Masalan, bor – b, tor – t,
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling