O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi
Jahon tilshunosligi oldida Praga tilshunoslik to‘garagining katta xizmati shundaki, fonologiyani ilmiy predmet sifatida shakllantirdi. Praga tilshunoslik to‘garagining fonologik konsepsiyasi N.S.Trubetskoyning «Fonologiya asoslari» kitobida mujassamlashgan. N.S.Trubetskoy konsepsiyasi bo‘yicha fonologik sistema leksik va grammatik ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (LFM bo‘yicha fonologik qarama-qarshiliklar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U filologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma’no farqlash funksiyasi o‘ynashini ta’kidlaydi. 1
strukturaga egaligi uchun ham ma’lum fonologik mazmunga ega bo‘ladi. Fonema abstrakt birlik sifatida qaraladi. Konkret tovushlar fonemaning moddiy simvollari hisoblanadi. Fonema moddiy jihatdan bir qancha tovushlar orqali reallashishi mumkin. Bunday reallashgan har xil tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi. Praga tilshunoslari variantlarni majburiy, fakultativ va individual turlarga bo‘ladilar. Majburiy variantlar, o‘z navbatida, pozitsion, kombinator va uslubiy variantlarga ajratiladi. Fonemaning urg‘uga, so‘z xarakteriga, nutq melodikasiga xoslangan variantlari pozitsion; nutq oqimida yondosh fonemalar ta’siridagi variantlar
(to‘liq uslub, og‘zaki uslub va h.k.). Bir pozitsiyaning o‘zida so‘z ma’nosini o‘zgartirmagan holda o‘zaro almashinib kelgan variantlar fakultativ variantlardir. Fakultativ variantlar ko‘pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi. Masalan, boring, bariŋ; ayrim kishilarning nutq xususiyati bilan bog‘liq variantlar individual variant xisoblanadi. N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko‘ra tasnif qiladi: 1) oppozitsiya sistemasiga munosabatiga ko‘ra; 2) oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra; 3) turli pozitsiyalarda ularning amal qilishiga ko‘ra. Birinchi belgiga ko‘ra, bir o‘lchovli, ko‘p o‘lchovli, proporsional va ajralgan oppozitsiyaga bo‘linadi. Ikkinchi belgiga ko‘ra, privativ (oppozitsiya a’zolaridan biri belgining bor-
1 Трубецкой Н.С. Основы фонологии. – М., 1960. – С.74. yo‘qligi bilan ikkinchisidan farqlanadigan oppozitsiya), gradual (nutq apparatining ochilish darajasiga asoslangan oppozitsiya, masalan: kir-kar), teng qimmatli (mantiqan har ikki a’zo teng huquqli bo‘lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga ajratiladi. Uchinchi belgiga ko‘ra, doimiy va neytrallashgan oppozitsiyalarga bo‘linadi. Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga kirishayotgan fonemalar o‘rtasida fonologik qimmatga ega belgi yo‘qoladi. Lekin umumiy belgilari saqlanib qoladi. Masalan, o‘zbek tilida yot-yod oppozitsiyasida so‘z oxirida t-d o‘rtasidagi jarangli- jarangsizlik belgisi yo‘qoladi, boshqa umumiy belgilar (til oldi, portlovchi) saqlanib qoladi. N.S.Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifi amaliy ahamiyatga ega, chunki u ma’lum bir fonemaning fonologik qimmatini belgilashda yordam beradi. Xullas, barcha fonologik konsetsiyalarda fonema lingvistik birlik sifatida tan olinadi. Bunday konsepsiyalarning tayanch nuqtasi Boduen de Kurtenening fonologik iazariyasi hisoblanadi, LFM fonemani so‘z va morfemadan ajralgan abstrakt birlik sifatida talqin etsa, MFM unga so‘z va morfemalarning tarkibiy elementi sifatida yondashadi. Praga lnngvistik to‘garagi fonemani abstrakt birlik sifatida talqin etishda LFMga yaqin tursa, pozitsion, kombinator variantlar, variantlar neytralizatsiyasi kabi masalalarda MFMga yaqin turadi. Farqlovchi belgilar bilan fonemaning atom talqini chambarchas bog‘liqdir. Fonemaning atom talqiniga ko‘ra, farqlovchi belgilar ma’lum darajada mustaqillikka ega bo‘lib, fonema shu farqlovchi belgilar majmuasidir. L.R.Zinder fikricha, bunday talqin farqlovchi belgilarni birlamchi fonologik birlik
sifatida tan olishga imkon beradi. Fonemaga bunday munosabatlar majmuasi sifatida qarash uni material substansiyasidan ajratib qo‘yadi. Bu esa ob’ektiv dunyodagi predmetlarning real mavjudligini inkor qiluvchi va L.Yelmslevning lingvistik nazariyasiga asos bo‘lgan mantiqiy pozitivizmning ta’siridir. 1
talqini mohiyat va hodisani aks ettiradi va dialektika qonuniyatlariga to‘la muvofiq keladi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling