O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
O‘zbek tili fonemalarining farqlovchi belgilari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
O‘zbek tili fonemalarining farqlovchi belgilari
Fonemaning farqlovchi elementlarini ajratishda sistema nuqtai nazaridan yondashilsa, o‘zaro ma’lum munosabatga kirishgan, har qaysisi o‘ziga xos xususiyatga ega elementlardan tashkil topuvchi bir butunlik yoki makrosistema (T.M.Lomtev fikriga ko‘ra, to‘plam) o‘zbek tilining barcha fonemalar sostavinn o‘z ichiga oladi. Bir butunlik yoki makrosistema o‘z ichida ayrim belgisi bilan umumiylikni hosil etgan va shu belgisi bilan boshqa shunday umumiyliklardan farqlanadigan kichik butunliklardan – mikrosistemalardan tashkil topadi. Masalan, undoshlar sistemasining o‘zi jarangsiz undoshlar, jarangli undoshlar va boshqalarga
1 Зиндер Л.Р. Общая фонетика. – С.43. bo‘linadi. Shunday qilib, bir butundan uning eng kichik elementiga qadar tasnif qilish jarayoni ularning farqlovchi belgilari asosida olib boriladi. Eng kichik elementlarni butunliklarga kiritish jarayoni – sintezlash esa elementlar o‘rtasidagi integral belgilarga asoslanadi. Butunni turli belgilarga tayangan holda mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir belgiga asosan har qaysi bo‘linish butun elementlarni o‘z ichiga olishi kerak. Masalan, o‘zbek tilida undoshlarning jarangli- jarangsizlik belgisiga ko‘ra bo‘linishi barcha undoshlarii o‘z ichiga olsa, paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra bo‘linishi ham barcha undoshlarni o‘z ichiga olishi kerak. 1
shu sistemaga kiruvchi elementlarning farqlovchi belgilariga ko‘ra olti unli va yigirma uch undosh fonema ajratiladi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling