O’zbek tili leksikasining boyish manbalari
Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi
Download 15.99 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
- To`liq kalka.
Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari bilan og`zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi. 2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po`shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi. Rus tili orqali kirgan so`zlarning ba’zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o`zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so`zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so`zlar deb yuritiladi. O`zbek tiliga o`zlashgan internotsional so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub: 1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi. 2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio kabi. 3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi. 4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi. 5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi. 6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi. Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so`zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo`jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga doir. Hozirgi Evropa tillaridan so`zlar bevosita aloqalar orqali o`zlashmoqda. Masalan, o`z navbatida so`zlar o`zbek tilidan rus tiliga ham o`zlashmoqda: o`rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi. Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug`at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi. 1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi. 2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda. Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan. So`zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko`proq o`zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi. Kalkalab o`zlashtirishda so`z aynan olinmaydi, balki so`zning ma’nosi o`zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so`zning ma’nosi shu so`zning morfemik tarkibidan qismma qism nusxa ko`chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o`zlashtirishning 2 xil yo`li bor: 1. To`liq kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning barcha qismlari o`z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnıy – chalasavod, vsesoyuznıy butunittifoq. 2. Yarim kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o`z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik-tabelchi kabi. Yarim kalkada ba’zan o`zlashtirilayotgan so`zning bir qism tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnıy – aktual kabi. O`zga til so`zidagi ma’no o`z tildagi so`z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo`g`in so`zining ruscha «ponolenie» ma’nosi. Download 15.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling