Ilmiy ish asoslari


Download 70 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi70 Kb.
#224314
  1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish



Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq filologiyasi fakulteti

Arab -ingliz guruhi

"Ilmiy ish asoslari" fanidan

Kurs ishi

Mavzu:Arab lugʻatshunosligi

Bajardi:Arab-ingliz 1 guruhi 2-kurs

talabasi Najimiddinov Jamshidbek

Tekshirdi:




Boblar va paragraflarning nomlanishi

Betlar

Kirish




I bob




1.1

Arab tili leksikologiyasi




1.2

Tasniflovchi lugʻatlar




Il bob







2.1

Klassik izohli lugʻatlar




2.2

Zamonaviy izohli lugʻatlar




Xulosa







Kirish

Respublikamiz o’z mustakilligini qo’lga kiritgan kundan boshlab xalqimiz ma’naviy-madaniy boyliklarini har tomonlama o’rganish, ularni kelgusi avlodlarga to’liq yetkazish va hozirgi avlodni ulardagi ijobiy an’analar asosida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi, uning yuksak madaniyati, qadriyatlari, boy ilmiy merosi butun jahnning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan va kelmoqda. Ibn Sino, Beruniy, Ulugbek, Muhammad al-Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Al Farg’oniy kabi buyuk ajdodlarimizning nomlari va yaratgan asarlari mashhur bo’lib, ularning ijodlari jahon madaniyati xazinasiga qo’shilgan bebaho boylik bo’lib hisoblanadi. Ammo shu allomalar yaratgan ilmiy asarlar, yozma yodgorliklarning aksariyati to’laligicha o’rganilgan emas. Mustaqillik yillarida buyuk vatandoshlarimizning yaratgan boy ilmiy meroslari o’rganila boshladi va bu yo’lda bugungi yosh o’sib kelayotgan kadrlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan arab tiliga bo’lgan e’tibor yanada oshdi va bu bilan Movaraunnahr va Xuroson o’lkalariga VI-VII asrlarda kirib kelgan arab tili va arab yozuvi va shu davrdan boshlab toki Chor Rossiyasi yurtimiz hududiga kirib kelguniga qadar arab yozuvi asosida yaratilgan boy ilmiy me’rosimizni o’rganish va tadqiq qilish imkoniyatlari eshigi ochildi. Bu biz uchun asrlar davomida hali tadqiq qilinmagan va o’rganilmagan ma’naviy, madaniy, ilmiy meroslarimizni omma e’tiboriga havola etib milliy meroslarimizni o’rganishda bo’gan ilmiy tadqiqotlar salmog’ini oshirish uchun xizmat qiladi.Hozirgi arab tili ham jahon tillaridan biri hisoblanadi. Arab tilida bugungi kunda lahja va shevalarning ortib

3

ketishi sof arab tilini ya’ni, fus’ha tilini o’rganish zaruratini talab qiladi.



Fus’ha tilini o’rganish uchun esa arab tili grammatikasini mukammal o’rganish zaruratini keltirib chiqaradi. Arab tili grammatikasi boshqa, dunyo tillarining grammatikasiga qaraganda anchagina murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Arab tili ko’p davrlardan beri o’rganilmoqda, xususan, Mahmud Zamaxshariy arab tili grammatikasini tuzib chiqqan.Uning kitobidan koʻp yillar qoʻllanma sifatida foydalanishgan. Bundan tashqari arab tili ustida ish olib borgan olimlardan Grande, Talabov, Xolidov, Hasanov, Ne’matullo Ibrohimov, Muhammad Yusupov, Sunnatullo Bekpolatov va shu kabi boshqa sharqshunos olimlarni nomlarini sanab oʼtishimiz mumkin.


Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling