Ilmiy ish asoslari
Download 70 Kb.
|
ilmiy ish
Tasniflovchi lugʻatlar.
Arab lugʻatshunlsligi, turli sabablarga koʻra, Qurʼon leksikasini oʻrganish bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan deb xisoblanadi. Bunday leksikani yigʻish shubhasiz, II hijriy asrdan keyinroq boshlangan, lll hijriy asrda esa bunday lugʻatlar sonk koʻp boʻlgan, biroq ularning koʻpchiligi saqlanib qolmagan va faqt nomlarigina bizgacha yetib kelgan. Nafaqat "Qurʼon"da qoʻllangan qabila shevalari balki unda qoʻllangan forcha, eroncha, nabatiycha va boshqa tillarga mansub leksikalar ham keltirilgan. "Qurʼonning shevalar lugʻati" shunday lulatlar qatoriga kiradi. Bitoz keyinroq, qadimiy rivoyatlar leksikasink oʻz ichiga olgan lugʻatlar غريب الحديث lar paydo boʻla boshladi, ulardan az-Zamaxshariy (1075-1144)"الفاىٔق فى غريب الحديث" va Inb al-Asirning /النهة في غريب الحديث"jamlanma lugʻatlari boshqalarga qaraganda mashhurroqdir. Natijada yuqorida sanab Oʻtilgan adabiy yodgorliklar asosida har taraflama tavsiflangan asarlar vujudga keldi. Diniy adabiyotga oid leksika odatda qadimdgi shagʻriyatdan keltirilgan misollar bilan dalillangan, analogiya bilan yoki ilohiy vahiylar tilini oʼz-gartirilmagan holda asrab kelayotgan deb hisoblangan baʼzi arab qabilalarinign vakillari bilan maslahatlashgan holda tahlil etilgan. Keyingi davrlarda asarlar yaratgan mualliflar esa oʻz fikr va mulohazalarini oʻzlaridan oldin yashab ijod qilgan mualliflarning asarlaridannmisol keltirish orqali dalillaganlar. Diniy bilimlarning ustuvorligi islom dini, ayniqsa Qurʼon va hadislarga asoslangan qonunchilik (fiqh) boʻyicha mahsus terminologik lugʻatlarning vujudga kelishi uchun shart-sharoitlr yaratib berdi. Keyinchalik yaratilgan asarlardan al-Fayyumning (1368-yilda vafot etgan) soʻzlarning birinchi tub Oʻzagi boʻyicha alifbo tartibida joylashtirilgan (hammasi boʻlib 27 ta kitobdan iborat). Qurʼon va hadislar leksikasiga qiziqish tufayli, umuman arab tiliga nksbatan qiziqish yuzaga keldi va esa oʻz navbatida adabiy tilning turli qatlamlariga mansub leksika jamlagan boshqa turdagi lugʻatlarning paydo boʻlushiga olib keldi. Bunday lugʻatlar qatorida "الغريب المصنف1-oʻrinda turadi. Mazkur lugʻatning muallifi Abu Ubayd (770-837)tushunarsiz va qadimgi arab sheriyʼriyati va baʼzi bir boshqa yodgorliklarda uchraydigan koʻhna leksikani mavzular asosida tuzilgan 25ta kitobga jamladi va tasnifladi. Lugʻat izchil ravishda saylangan kitoblardan iborat. Har bir kitob nisbatan umumiy belgilarga ega boʻlgan (900 tadan ortiq boblarga ajratilgan. Lugʻat nomlari koʻrsatilgan va nomaʼlum shoirlarning asarlaridan keltirilgan koʻplab misollarni oʻz ichiga olgan. U arab lugʻatshunosligining keyingi rivojlanishiga ulkan va har taraflama ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Ancha keng tarqalgan, yasama soʻz turlaru, har zil arab shevalari leksikasini jamlagan vavakalizatsiya (yaʼni undosh tovushning unliga aylanishi:undosh tovushning bogʻin hosil qilish xususiyatiga ega boʻlish) nuqtai nazaridan (xususan, sharqiy va gʻarbiy arab shevalari bir-biriga nisbatan) qiyoslangan كتب اللغات -Qabilaviy spzlar kitoblari va كتاب النوادر "Nodir soʻzlar kitoblari" qadimgi lugʻatshunoslarning noyob leksikaga nisbatan qiziqishlari nihoyatda katta boʻlganligidan dalolat beradi. Qadimgi arab qabilalari leksikasi eng koʻp miqdorda jamlangan ash-Shayboniy (719-820) ning lugʻati yanada mashhurroqdir. Ibn as -Sikkiy (857-yil vafot etgan) إصلاح المنطق da ikki xil shakl va bir xil maʼnoga ega boʻlgan, shubhasiz, turli qbilalarga taallyqli koʻplab soʻzlarni keltirgan. Ib Sidi (1066-yilda vafot etgan) ning 17 jildlik المخصص -asari tizimlantiruvchi lugʻatlarning eng mashhuuri va toʻligʻi hisoblanadi. Mazkur lugʻatda avvalo (nisbatan umumiy va muhimroq boʻlgan, soʻngra esa, xususiy 2-darajali hodisalar kOʻrib chiqiladi. U Abu Ubaydning الغريب المصنف lugʻati uchun asosiy manbaa sifatid xizmat qilgan. Zamonaviy mualliflar Husayn Yusuf Muso va Abdulfattoh as-Sadiy Ibn Sidi lgʻatining asl nusxa tuzilishini oʻzgartish, boshqa manbaalardan olingan qoʻshimchalar kiritish va takrorlanish xollarini bartaraf etish maqsadida ikki qismdan iborat boʻlgan الافساح فى فقه" " nomidagi kitobni qayta nashr etdilar. Unda leksika maʼnolarining yaqinligi va kelib chiqishiga jpra tematik guruhlarga birlashtirish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham u koʻp jidli eng yaxshi lugʻat hisoblanishi bilan bir qatorda, eng toʻliq sinonimlar lugʻati ham hisoblanadi. Al-Hamdoniyning كتاب الالفاظ الكتابية -va as-Salabiyning bir necha marta qayta nashr etilgan فقه اللغة kabi bishqa asarlarida ham koʻp sinonimlar berilgan Shuningdek, arav lugʻatshunosligida maxsus sinonim lugʻatlari ham keng tarqaldi. Eski lugʻatlardan koʻpincha (qoʻlyozma), va eng yangi lugʻatlardan esa Ibrohim al-Yozijiyning 1913-1914 -yillarda Qohirada nashr etilgan tugallanmagan lugʻati va 1957 yilda Bayrutda nashr etilgan lugʻati koʻp tilga olingan. Shuningdek, arab tiliga chet tillardan oʻzlashtirilgan leksik lugʻatlar mavjud. Al-Javolikiyning 1073-1144) الكتاب المعرب eng 1-va toʻliq oʻzlashtirma lugʻatlaridan xisoblanadi. Addon Shiranning 1908 uilda nashr etilganforsiy leksika bilan bir qatorda, yunon, lotin oromiy, turk, italyancha, fransuzcha, va bishqa tillardan oʻzlashtirilgan soʻzlarni ham oʻz ichiga olgan كتاب الالفاظ الفارسية المعربة esa bu mavzuda tuzilgan eng soʻzi lugʻatlardan biri sanaladi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling