Ilmiy ish asoslari


Download 70 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi70 Kb.
#224314
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish

Klassik izohli lugʻatlar.

Maʼlumki , arab tilining butun lugʻat boyligi jamlangan, ularni alifbo tartibida joylashtirilgan va unda kiritilgan soʻzlarning maʼnolarini sharhlagan izohli lugʻat yaratish arab lugʻatshunoslari faoliyatining asosiy maqsadi boʻlgan. Bunday lugʻatlardan arab leksikasi toʻla -toʻkis xolda ifodalangan va asosan uning tarkibiga kiritilgan soʻzlarning maʼnosini oʻquvchiga yetkazib berishga harakat qilingan.

Faqatgina noyob va tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlarnigina sharxlab berishga harakat qilgan zamondoshlaridan farqli oʻlariq, arab leksikasink toʻla ochib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan Halil Obn Ahmad (786-781-yillar atrofida vafot etgan) tomonidan tuzilgan. كتاب العين -shunday lugʻatlarning eng 1-si boʻlgan. Halil oʻz zamonasining mashhur filolog-olim boʻlib, u leksikologiyadab tashqari boshqa fanlarbilan ham shugʻullangan, xususan, metrika(yaʼni sheʼr vazni, oʻlchovi va uning nazariyasi) haqida taʼlimot yaratgan. Uning toʻliq holda saqlankb qolmagan lulatining nashr qilingan nusxasida oʻrtacha 144 sahifasida mavjud boʻlgan.

Lugʻatning kirish qismida keyinchalik arab tilshunoslik nazariyasi va grammatinasi uchun asos boʻlib xizmat qilgan fikr va nazariyalar bayon qilinadi. Hali til tabiatini yanada chuqurroq tushunishiga asos soldi va bu maʼnoda lugʻatning kirish qismida bayon etilgan nazariy qoidalar arab lugʻatshunosligining, shuningdek leksikologiyasining ham bundan keyingi rivojlanishi uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qildi. Halil 1- boʻlib oʻzaklar va ularning turlari haqidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. Lugʻat bir nechta kitoblarga ajratilgan boʻlib, har bir kitobda bir xil xarf bilan boshlangan soʻzlar jamlangan. Biroq, Halilning alifbosi umumqabul qilingan alifbodan biroz farq qilgan. Undosh harflar oʻzlarining paydo boʻkish oʻrniga qarab, eng orqada-halqumning quyi qismida hosil boʻladigan tovushlardan boshlanib, eng oldida-lablarda hosil boʻladigan tovushlr bilan tugaydigan tartibda joylashtirilgan. Hozirgi vaqtda Halilning spzlari bunday joylashtirish tizimini sanskritdan oʻzlashtirgan boʻlishi mumkin degan fikrlar bor. Qafiyb ikki asr davomida Halil tomonidan ishlab chiqilgan lugʻat tuzish prinsipi oʻzgarmasdan qoldi. Umuman olganda Halil usuli bilan tuzilgan lugʻatlardan foydalanish qiyinchiliklar tugʻdigani uchun ular keng tarqala olmadi.

Spzlarning joylashtirilishining 2- usuli 1- bolib Ibn Durayd (837-934)tomonidan الجمهرة lugʻatida berilgan. Ibn Durayd oʻz oldiga faqat keng qoʻllanishga ega boʻlgan الجمهور من كلام العرب lugʻatini jamlash vazifasini qoʻygan va kam qoʻllanishga ega boʻlgan leksikani esa, mustasno sifatida lugʻatning soʻnggidagi alohida boʻlimiga kiritgan. الجمهرة ning كتاب العن dan birdan-bir farqi shiki, uning boshqa barcha jihatlari esa Halil usuli bilan bir xil.

Al-Javohiriy (1007 -yillarda vafot etgan) arab tilshunosligining bunday usulining otasi hisoblanadi. Uning hozirfi kunda keng tarqalgan تاج اللغة و صحاح اللعربية lugʻati oxirgi marta Qohirada 1956-57-yillarda nashr qilingan va u 28 bobdab iboratdir.

Ibn Manzurning 1232-1311). لسان العرب lugʻati hozirgi kungacha eng toʻliq va nufuzli arabcha lugʼat hisoblanadi. Muallif oʻz oldiga arab leksikasini toʻla toʻkis xolda jamlash vazifasini qoʻygan.

Feruabodiynong (1326-1414)keng tarqalgan قاموس si esa barcha arab lugʻatlarining umumiy nomiga aylanib qolgan القاموس المحيط ham mashhur lugʻatlardan hisoblanadi. Uning 1- bosma nashri paydo boʻlgan vaqtsa (1818 Kalkutta) lulatning 8.000 ta roʻyxati mavjud boʻlgan.

Zamonaviy izohli lugʻatlar.


Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling