Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, mavzuga oid rangli rasmlar, didaktik 
tarqatma materiallar, multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib 
boriladi. 
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: do‘kon, ust kiyim, oyoq ki-
yim, ipak mato, paxtali, tugmali, yoqali, ko‘k rangli, kiyaman, yoqti-
raman, yarashadi kabi tayanch so‘zlar.
Darsning borishi: 
I. Tashkiliy qism:
– o‘quvchilarning davomati aniqlanadi
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 
Guruhlarda ishlash. 1-guruhga kitob do‘konida sotiladigan 
kitob 
larning nomini yozish. 2-guruhga kiyim do‘konida soti-
ladigan mahsulotlarning nomini yozish. 3-guruhga oziq-ovqat 
do‘konida sotiladigan mahsulotlarning nomini yozish topshirig‘i 
beriladi. O‘qituvchi guruhlarning bajargan ishlarini o‘quvchilar 
bilan birgalikda tekshiradi. Aniq va savodli yozgan guruh g‘olib 
sanaladi. 
Aqliy hujum. Rangli didaktik rasmlar asosida suhbat o‘tkaziladi. 
O‘qituvchi rasm asosida o‘quvchilarga savol beradi. O‘quvchilar ja-
vob beradilar. Bu nima? Qaysi do‘konda sotiladi? Rasmda qanday 
do‘konlar tasvirlangan? Kitob do‘konida nimalarni ko‘rayapsiz? 
Kitob do‘konida qanday kitoblar sotiladi? 


73
 III. Yangi mavzuning bayoni. 
 Bilib oling. Narsalarning nimadan tayyorlanganligini ifodalash-
da shu material nomini bildiruvchi so‘zlar qo‘llanadi. Bu so‘zlar 
qan day so‘rog‘iga javob bo‘lib, gapda sifat vazifasida keladi. Ma-
salan: Munisa boshiga shoyi (qanday?) ro‘mol o‘radi. Do‘kondan 
charm (qanday?) qo‘lqop sotib oldim.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling