Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Darslik bilan ishlash. 
2-topshiriq. «O‘zbekiston» matni avval «Zanjir» usulida 
o‘qitiladi. Keyin 3-4 o‘quvchi mazmunini so‘zlab beradi. Matn yu-
zasidan o‘qituvchi quyidagi savollar asosida suhbat o‘tkazadi.
1.  Sizning vataningiz qayer?
2. Vatan – bu sening kindik qoning tomgan tuproq, deganda 
nimani tushunasiz?
3. Inson uchun aziz bo‘lgan narsalarni sanang.
4. Ona vatanga muhabbat deganda nimalar ko‘z oldingizga ke-
ladi?
5. O‘zbekiston qanday o‘lka? 
Lug‘at bilan ishlash. O‘quvchilar matn asosida berilgan lug‘atni 
o‘qib eslab qoladilar. O‘qituvchi slaydda lug‘atlarni ko‘rsatadi. 
O‘quvchilar lug‘atlarning tarjimasini topib yozadilar. 


26
1-mashqni o‘quvchilar sinf doskasida bajaradilar. So‘zlarni o‘z 
o‘rniga qo‘yib, gaplarni to‘g‘ri tuzadilar. Mashqni vaqtdan unumli 
foydalanish uchun sinf doskasini uchga bo‘lib bajarish mumkin. 
2-mashq. O‘quvchilar maqollarni zanjir usulida o‘qiydilar 
va mazmunini so‘zlab beradilar. Maqollarni daftarlariga 
ko‘chiradilar. 
Guruhlarda ishlash. Slaydda ayrim so‘zlar tushirib qoldirilgan 
matn ko‘rsatiladi. Guruhlarga kartochkalar tarqatiladi. Kartoch-
kalarda tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan. O‘quvchilar tushirib 
qoldirilgan so‘zlarni joy-joyiga qo‘yib yozadilar va o‘qiydilar. Top-
shiriqni birinchi bajargan guruh taqdimot qiladi. Guruhlar bir-bir-
larining xatolarini tuzatib boradilar.
Namuna: Mening vatanim – O‘zbekiston. Men Buxoro shah-
rida tug‘ildim. Bu shaharga ko‘p sayyohlar keladi. O‘zbekistonda 
qadimiy shaharlar ko‘p.
Grammatik mavzu bo‘yicha topshiriq beriladi va guruhlarda 
ishlanadi. 
Topshiriq: Qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni ajratib 
yozish, 2-3 ta gap tuzish. 
Namuna: bormoqda, ko‘cha, kelyapti, O‘zbekiston, kelmoqda,  
shahar, daryo, qishloq, o‘ynamoqda, tog‘, rivojlandi, sahro, quril-
moqda.
III.  Darsni mustahkamlash. «Aql charxi» o‘yini. O‘qituvchi 
4 ta so‘zni o‘qiydi. O‘quvchilar eslab qolganlarini yozadilar va 
o‘qiydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning yozganlarini tekshiradi va 
xatolar o‘quvchilar tomonidan tuzatib boriladi. 
Namuna: go‘zal, shahar, katta, mashhur. 
IV. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra 
baholanadi, darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa berish. 2-mashqdagi maqollarni yod olish. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling