Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Darslik bilan ishlash. 
1-topshiriq. O‘quvchilar matnni zanjir usulida o‘qiydilar va 
nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topadilar. So‘zlarni 
savoli bilan birga ikkita o‘quvchi sinf doskasida qolgan o‘quvchilar 
daftarga yozadilar. 


29
2-topshiriq. «Mening maktabim» matnini o‘quvchilar zanjir usu-
lida o‘qiydilar. 
Matn mazmuni yuzasidan savollar: 
Maktabingiz binosi qanday? 
Maktabda sinf xonalari ko‘pmi? 
Sinfingiz nechanchi qavatda? 
Maktabingiz hovlisi kattami? 
Maktab hovlisida qanday daraxtlar ekilgan? 
Maktabga nima uchun borasiz? 
Lug‘at bilan ishlash. 
O‘quvchilar lug‘atni o‘qiydilar. Ularga lug‘atda berilgan so‘zlarni 
eslab qolish vazifasi beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan zanjir usu-
lida eslab qolgan lug‘atlarini yoddan so‘raydi. 
Zamonaviy
Joylashmoq
Faxrlanmoq
Mashhur
Musobaqa
1-mashq. O‘qituvchi she’rni o‘qib beradi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning diqqatini k–q, x–h tovushlarining to‘g‘ri talaffu-
ziga e’tibor qaratadi. O‘quvchilar she’rni zanjir usulida o‘qiydilar. 
So‘ngra she’rdan k–q, x –h tovushlari ishtirok etgan so‘zlarni topib 
sinf doskasida yozadilar va k–q, x –h tovushlarining tagiga chizish 
topshirig‘i beriladi. 
2-mashq. O‘quvchilar berilgan dialogni o‘qiydilar va sinf dos-
kasida ikkitadan o‘quvchi chiqib javob yozadi. O‘qituvchi har bir 
o‘quvchining javobini baholaydi.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling