Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili qollanma 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslik bilan ishlash. 1-mashq.
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash . Guruhlarda ishlash. Animatsiya
- Shaftoli Men turaman Bukib shox. Kamtarinman Va yumshoq. Shundan hamma Gilos
- V. O‘quvchilarni baholash.
- Dars turi
- Nazorat
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
Lug‘at bilan ishlash. «Xotira mashqi». O‘quvchilar lug‘atni
o‘qiydilar. O‘quvchilarga o‘qigan lug‘atlarini eslab qolish topshirig‘i beriladi. Kitobni yopib, o‘quvchilar eslab qolgan so‘zlarini lug‘at daftariga yozadilar. Qishloq Bog‘ Parvarish Totli Darslik bilan ishlash. 1-mashq. O‘quvchilar ikkitadan bo‘lib sinf doskasida bajaradilar. Gaplarni o‘qiydilar. Qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni yozadilar. 46 IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Guruhlarda ishlash. Animatsiya Ekranda qator mevali daraxtlar tasviri paydo bo‘ladi. Daraxt ustiga sichqoncha tugmasini bosish bilan ustiga daraxtning nomi yoziladi hamda shu mevaga tegishli bo‘lgan sher aytiladi. Anvar Obidjon Uzum Donalarim Marjoncha. Bir boshim- Naq bir jomcha. Quritsangiz, Mayizman. Dasturxonga fayzman. Kuzda Yeb-yeb to‘yishar. Qishga osib qo‘yishar. Boqar shod Yosh-qarilar. Maqtar hatto Arilar. Anjir Kecha-kunduz Uxlamay, Meva tugdim Gullamay. Mevam o‘zi Gulchadir. Tillo rangli Kulchadir. G‘o‘daymayman, Sipoman. Ko‘p dardlarga shifoman. Meni yesa Mutallib, Yurmas edi Yo‘talib. O‘rik Tanishaylik, O‘rikman. G‘aynoliga Sherikman. Yeging kelsa Ko‘k g‘o‘ra, Bahor chog‘ida So‘ra. Yozda esa Pishaman. Qo‘rqma, O‘zim tushaman. Xohlasang, Ye mag‘zingni. Qani,, Och-och og‘zingni… Nok Qayda Salqin havodir, Tan-jonimga Davodir. Mevalarim Qand-bollik, Qilmasang bas Qo‘pollik. Uzgan choqda Kulib ol. Pishganimni Bilib ol. Kimki otsa Menga tosh, Dunyoda u- Eng xumbosh. Shaftoli Men turaman Bukib shox. Kamtarinman Va yumshoq. Shundan hamma Gilos Bir qiz, Boldoq qilay deb, Qulog‘imga Ilay deb, Qo‘sh mevamni 47 Shirin der, Uzib olay Birin der. Bolakaylar Chug‘irlab, Meni bog‘dan O‘g‘irlab, Qo‘yinlarga Urishar… So‘ng Qichinib yurishar. Uzvoldi. Uyqumniyam Buzvordi. Qarab tursam Ortidan, Bir chekkaga Bordi-da, Har ikkala «Boldoq»ni- Yeb qo‘ydi-ya… Aldoqchi! Anor Har donacham Bir askar. Bir qal’ada Ming lashkar. Ular yotar Panada- Oq pardali Xonada. Xonalar tinch, Atrof jim. Qal’achani Buzsa kim, Boshlanadi To‘polon Va to‘kilar Yana qon. Olma Mikrofonni Baland tut. Men so‘zlay, Sen so‘lak yut. Alang-jalang Kuzatma. Besh panjangni Uzatma. Ko‘pning Ko‘zin kuydirgan, Qornini ham To‘ydirgan Menman o‘sha Naqsh olma… Endi Yo‘lingdan qolma! V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish. «Maktab bog‘i» mavzusida 3-4 ta gap tuzish. 10-dars. BOG‘DA Darsning maqsadi: a) ta’limiy: «Bog‘da» mavzusidagi tayanch so‘zlar, hisob bildiruv- chi so‘zlarning ifodalanishi, shu mavzuda berilgan gaplar va matn- larni o‘qish, topshiriqlarni yozishga o‘rgatish va mustahkam lash. 48 b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo- qotda muomala madaniyatiga amal qilish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik kabi sifatlarni shakllantirish. d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish. Dars turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlash. Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, «To‘g‘ri toping va talaffuz qiling», «Ha, yo‘q» o‘yini. Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash. Dars jihozi: darslik, AKT, poliz tasviri, poliz mahsulotlari aks et- gan rangli rasmlar, didaktik tarqatma materiallar; multimedia vositasi. Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: bog‘, dala, hovli, daraxtlar, olma, uzum, anor, nok, ko‘chat, shirin, achchiq, bog‘bon, shirin, maza- li, achchiq, suvli, suvsiz, parvarish qiladi, sug‘oradi, o‘tqazadi, teradi Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: – o‘quvchilarning davomati aniqlanadi; – o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling