III. Yangi mavzuning bayoni. Grammatik mavzu bo‘yicha slayd
ko‘rsatiladi. Sanoqni bildiruvchi so‘zlarga -inchi qo‘shimchasi
qo‘shilsa, narsa-hodisalarning tartibi ifodalanadi.
Masalan: bir + inchi = birinchi, o‘n + inchi = o‘ninchi
Raqamlardan keyin tartibni ko‘rsatish uchun chiziqcha (-)
qo‘yiladi va u -inchi deb o‘qiladi: 18-maktab, 4-xona, 2-sentabr.
Sanoqni bildirgan so‘zlarga nechanchi so‘rog‘ini beramiz.
to‘rtinchi
Nechanchi? to‘qqizinchi
yigirma
to‘rtinchi
«Kim topqir?» o‘yini. Guruhlarda ishlash. Bunda o‘quvchilar
to‘rt guruhga ajralib ishlashadi. Guruhlarga 2 ta topshiriq berila-
di. 1) 8, 2, 9 raqamlariga -inchi qo‘shimchasini qo‘shib so‘z bilan
yozing. 2) birinchi oktyabr, ikkinchi qavat, oltinchi maktab so‘z
birikmalaridagi sonlarni raqamga aylantirib yozing. Guruhlar o‘z
ishlarini taqdimot qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |