O’zbek tili morfologiyasi tarixida fitratning xizmatlari
Download 33.77 Kb.
|
O\'zbek tili morfologiyasi tarixida Fitratning xizmatlari
O’ZBEK TILI MORFOLOGIYASI TARIXIDA FITRATNING XIZMATLARI Olimning morfologiyaga oid qarashlari “Sarf” asarida o’z aksini topgan. Maьlumki, tilshunoslikning morfologiya bo’limi so’z turkumlarini va kategoriyalarini, so’zning shakl tizimini hamda shu shakllarning hosil bo’lish yo’llarink o’rgatadi. Asarda dastlab so’z atamasi haqida gapiriladi. Fitrat so’zga shunday ta’rif beradi: “So’z bir ma’noni bildirgan, maxsus ohangi va bosimi bo’lg’on tovushlar to’dasidir”. Demak, u so’zning uchta belgisini - ma’lum bir leksik ma’noga (leksema), o’ziga xos ohangga (intonatsiyaga), alohida urg’uga (leksik urg’uga) ega bo’lishligini ta’kidlagan. Fitrat so’z turkumlari haqida gapirishdan oldin so’z yasalishi haqida to’xtaladi. U so’z yasalishi hodisasini kengroq ma’noda talqin qiladi. Hozirgi fanda so’z yasalishi deganda, qanday usul, qanday vosita bilan bo’lmasin, yangi so’z hosil qilysh tushunyyaadi. Fktrat zsa “ bir o’zakk,. qo’shimcha qo’shib yasalg’an” barcha so’zlarni yasama so’z deb qaraydi. Faqat o’zakning o’zidangiia iborat so’zlarni tub so’z hisoblaydi. U tildagi barcha so’zlarni shu nuqtai nazardan ikki guruhga ajratadi: tub tub so’zlar va yasama so’zlar. Fitrat “Sarf” asarida ot, sifat, fe’l, ko’makchi so’zlar turkumlariga to’xtaladi. Fitrat o’zbek tili grammatikasini yaratishda, xususan, morfologiya kategoriyalarni hal qilishda o’zidan oldingi turkologlarning qrashlariga asoslanganini so’zlarni turkumlarga ajratishda yaqqol ko’rinadi. (fors va arab tillarida uch grammatik kategoriya, ya’ni ot, sifat, fe’l asosiy o’rinni egallaydi). FITRAT OT SO’Z TURKUMI HAQIDA Bu mavzuni boshlashdan oldin ot so’z turkumi va unga xos grammatik kategoriyalar haqida to’xtalinib talabalarning “Hozirgi zamon o’zbek tili” kursi bo’yicha olgan bilimlari esga tushiriladi. Undan keyin “Sarf” asaridagi ot so’z turkumiga oid fikrlar tahlil qilinadi. Otlar dastlab tub va yasama otlarga ajratiladi. U qo’y, sigir, Ergash, O’ktam so’zlarini tub otlarga misol qilib keltiradi. Yasama otlarni esa bir necha guruhga ajratadi: o’rin oti, qurol oti, ish oti, kichiklangan ot va qo’shma otlar. Olim ovloq, toshloq, o’tloq, yotoq, botqoq kabi so’zlarni o’rin atamasi bilan beradi va bunday otlar o’zakka -loq, -oq, qo’shimchasini qo’shish orqali yasalishini aytadi. . Qurol oti esa “Bir ishni qilmoq uchun qurol bo’lg’ich narsani” bildiradi. Bu xil otlar -gich, -nch, -kich, -it qo’shimchalari orqali yasaladi. «Bulardan tashqari, asarda -gi, -ki, -t, -ga, -ag, -ak, -choq kabi qurol oti yasovchi qo’shimchalar ham ta’kidlanadi. Ish oti esa hozirgi tilshunoslikdagi fe’lning funktsional shakllaridan harakat nomiga deyarli to’g’ri keladi. Ish oti yasovchi qo’shimchalar sifatida quyidagi qo’shimchalar keltiriladi: -moq (o’qimoq), -sh (bilish), -im (unim), -uv (keluv), -nch (ishonch), -qin (toshqin). Keltirilgan ushbu qo’shimchalarga biz sinxronik va diaxronik aspektda yondashamiz. Bu yerdagi -moq, -sh (-ish) qo’shimchalarga hozirgi tilshunosliqda haraqat nomi yasovchi qo’shimchalar deb qaraladi. (-moq ning boshqa xususiyatlari ham bor). Qolgan -im, -uv, -ich, -kin, -gii qo’shimchalari eski o’zbek tilida va XX asr boshlarida o’zbek adabiy tilida so’z yasovchilik xususiyatiga ega bo’lgan. Lekin hozirgi o’zbek adabiy tilida bu qo’shimchalar ayrim so’zlar tarkibida uchraydi, ularda so’z yasovchilik xususiyati (faolsizlashgan) passivlashgan. Tarkibida bunday qo’shimchalar uchraydigai so’zlar tarixiy jihatdan yasama bo’lsa-da, sinxronik planda tub so’z deb qaraladi. Asarda qo’shma otlar haqida ham muhim ma’lumotlar uchraydi. Fitrat qo’shma otlarni bir-biridan farqlaydi: a) oybolta, oqsoqol tipidagi qo’shma otlar; b) maorif idorasi, markaz ijroiya komiteti ko’rinishdagi qo’shma otlar. O’sha davrda nashr qidingan boshqa asarlarda bu xil fikrlar uchramaydi. Olimning bu haqdagi fikrlari hozirgi fandagi mavjud qarashlarga mos keladi. Otlardagi birlik va ko’plik shakli, zrkalash va kichraytirish shakllari, ularni hosil qiluvchi qo’shimchalar haqidagi olimning fikrlari ham hozirgi tilshunoslik uchun ilmiy ahamiyat kasb etadi. 1919-25 yilda nashr qilingan “O’zbekcha tili saboqlari” kitobida ham ot so’z turkumi haqida qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Bu kitobning mualliflari 20-yillarning yetakchi tilshunoslari Munavvar Qori, Qayum Ramazon va SHorasul Zunnunlardir. Ular ot so’z turkumiga kiruvchi so’zlarni dastlab ikki guruhga bo’dadilar: 1) atoqli otlar, 2)turdosh otlar (asarda ism atamasi bilan berilgan). Bundan ko’rinadiki, atoqli va turdosh otlarni farqlash 20-yillar tilshunosligida ham bo’lgan ekai. Keyingi davr tilshunosligida ot so’z turkumiga oid xususiyatlar, kategoriyalar juda chuqur va atroflicha o’rganilgan. Masalan, U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlariing' “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (T., 1975) kitobida otlar grammatik xususiyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratib tahlid qilinadi: atoqli otlar va turdosh otlar; konkret otlar va mavhum otlar; yakka otlar va jamlovchi otlar. Ot so’z turkumi haqidagi Fitratning fikrlari xuddi shu tarzda hozirgi qarashlar bilan taqqoslanadi. So’ngra bu fikrlarning o’sha davr tilshunosligi nuqtai nazaridan hamda bugungi fan nuqtai nazaridan, ilmiy-amaliy qimmati belgilanadi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarga quyidagi adabiyotlar tavsiya qilinadi: Polivanov Ye.D. Kratkaya grammatika uzbekskogo yazыka, Toshkent, Moskva, -s. 326. U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., -B. 975. Fitrat. Sarf. Toshkent-Samarqand, 1930 yil, 12-14 betlar. O’zbek tiliTrammatikasi. II tomlik. 1-tom. T., 1926. Qurbopova M. Fitrat - tilshunos. T., 1996. Hozirgi zamon o’zbek tili. F.Kamol tahriri ostida. T., 1957. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Abdurahmonov tahriri ostida. T., 1996. FITRAT SIFAT SO’Z TURKUMI HAQIDA Bu mavzu talabalarning sifat haqidagi barcha bilimlarini esga solish bilan boshlanadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun talabalarga quyidagi savol va topishriqlar bilan murojaat qilish mumkin: Sifat so’z turkumi haqida gapiring. U qanday xususiyatlarga ega? Sifatlarga xos grammatik belgilarni sanang. Sifatlarning darajalanishi deganda nimani tushunasiz? Sifatlarning semantik turlari haqida galiring va h. Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari (sodda, murakkab), tub va yasama sifatlar, sifatlarning sintaktik vazifasi kabi masalalar ham birma-bir eslab o’tiladi. So’ngra Fitratning bu turkum haqidagi fikrlarini o’rganishga kirishmoq maqsadga muvofiqdir. SHunday yo’l tutilsa, olimiing hozirgi tilshunosliqdagi qarashlar bilan mos keladigan va farqlanadigan tezislarini talabalar tez ilg’ab oladilar. Fitratning asaridagi hozirgi qarashlar bilan mos keladigan fikrlar shuni ko’rsatadiki, uning “Sarf” asari hozirgi o’zbek tili morfologiyasi uchun nazariy manba vazifasini o’tagan, Farqli tomonlar esa 20-yillardagi fan darajasi va keyingi tilshunoslikning taraqqiyoti bilan bog’liq. Fitra sifatlarni ham tub va yasama sifatlarga ajratadi. Tub sifatlar: oq, qora, yaxshi, yomon va b. Yasama sifatlarning esa bir necha xillari haqida to’xtaladi: otga -gi qo’shilib yasalgan sifatlarni Fitrat “bir kishida. bir narsada bir holning, bir narsaning borligini ko’rsatadir” deydi. O’zakka -siz qo’shilganda esa bir kishida, bir narsada, bir holning, bir narsaning yo’qligini ko’rsatadi” deb bilimsiz, otsiz kabi so’zlarni misol qilib keltiradi. Olim xuddi shu tarzda -imtil (sarg’imtil, oqimtil, ko’kimtil), -ish (sarg’ish, qizg’ish, ko’kish), -ar (chopar, uchar), -ma (bosma, yozma, terma), -iq (ochiq), -roq (yaxshiroq, balandroq, bilimsizroq,) -gina (yaxshigina, kattagina), -g’on (o’qig’on yigit, yozilg’on kitob) kabi sifat yasovchi qo’shimchalar haqida to’xtaladi. Bu yerda keltirilgan har bir qo’shimchaga alohida to’xtalinib, talabalar bilan birgalikda ularga hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan baho beriladi. Ular ichida tarixiy jihatdan yasama bo’lsa-da, hozirda tub so’z hisoblanuvchi so’zlar aniqlanadi. Masalan -gan qo’shimchasi ishtirok etgan so’zlar o’tgan zamon sifatdoshi (fe’l tarkibida) deb o’rganilishiga talabalarning diqqati jalb qilinadi. Qisqasi, har bir qo’shimcha sinxron va diaxron planda tekshiriladi. O’rni bilan “Sarf” asaridagi “o’rtoqlik sifati” (yo’ldosh, mungdosh), “nisbat sifati” (tarixiy, adabiy), “jins sifati” (kumush qalam, temir sovut), “oshirma sifat” (ozg’in, qizg’in), “yararlik sifat” (o’qurlik kitob, yararlik so’z) kabi atamalar haqida to’xtalinib, ma’lumot berib o’tiladi; ular hozirgi fikrlar bilan solishtiriladi. : Olim yasama sifatlar haqida gapirganda alohida tasnif qilmasdan umumiy tarzda beradi, lekin u aytgan asosiy tezislar keyingi fikrlar, tasniflar uchun asos bo’lgan bo’lsa ajab emas. Fitrat aytgan oshirma sifat xozirgi ortgirma darajaga yaqin keladi. Lekin oshirma sifatlarni shakllantiruvchi qo’shimchalar hozirda boshqacharoq. Fe’lning buyruq shakliga -g’in, -gir, -gur qo’shilib Fitrat aytgan oshirma sifat yasaladi: ozg’in, keskin, qizg’in, o’tkir va b. Keltirilgan misollar hozirgi tilshunoslikda yasama sifat emas, tub sifatlar qatorida o’rganiladi. Sababi shuki, bu so’zlar sinxron planda o’zak va morfemaga ajratilmaydi. Bu hol adabiy til taraqqiyoti bilan va tilda sodir bo’ladigan o’zgarishlar bilan bog’liq. “Sarf» asaridagi sifat so’z turkumi haqida gapirganda sonlar haqida ham alohida to’xtalish lozim. CHunki Fitrat sonlarni alohida ajratmasdan sifat so’z turkumi ichida tekshiradi. Bunga olim son va sifatlarning sintaktik vazifalarining juda o’xshashligini asos qilib oladi. Fitrat sonning sintaktik vazifasi demasdan, sonlarning “so’zlararo turishlari sifatdan ayirmasizdir” degan fikrni ilgari suradi. Olimning bu (|fikri o’sha davrda tanqidga uchragan edi. N.Hakim 1925-yilda “Qizil Bayroq” gazetasining 120-sonida e’lon qilingan “O’zbek tili sarfi to’g’risida” degan maqolasida bu masalaga to’xtalib, quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “Son bilan sifatni taqqoslash xato. CHunki sondagi turlar (miqdor, sara, bo’lim, chama, oshirma sifatdagi darajalar tenglashtirish, bo’ttirish, ozayish sifatlari) son tarkibida uchramaydi”. Ushbu maqoladan keyin “Sarf” asari bir necha marta nashr qilinadi, shundpy bo’lsa-da, Fitrat bu masalaga o’zgartirish kiritmagan. Bundan. ko’rinadiki, olim o’z fikrida qolgan. Bu holni hozirgi turk tilida ham uchratish mumkin. Asarda sonlar ham tub va yasama deb ikki guruhga ajratiladi. Tub sonlar: bir, ikki, uch va b. Yasama sonlar esa quyidagi guruhlarga ajratiladi: a) sira son - birinchi, ikkinchi, uchinchi kabi; b) ulush son - birar, ikishir, beshar kabi; s) taqsim son - birtadan, ikkitadan, beshtadan kabi; d) chama son – 1) o’nlab, yuzlab, yigirmatalab kabi; 2) o’n-o’n besh, yigirma-o’ttiz kabi; e) sanalmishsiz son - ikov, oltov kabi; f) o’rtoqdiq son - ikala, uchala kabi; j) oshirma son - yuzlarcha, minglarcha kabi. Fitrat qo’llagan atamalar hozirgilardan farq qilsa~da, olim tomonidan farqlangan sonning turlari hozirgi tasnifga yaqin keladi. Solishtiring: chama son - chama son, ulush son -tartib son, sanalmishsiz son va o’rtoqdiq soni - jamlovchi son. “Sarf” asarining ushbu bo’limida o’lchov otlari degan atama uchraydi. Fitrat bir yuto’m so’v, bir siqim tamaki, ikki qadoq uzum xabi birikmalarni misol sifatida keltiradi. Bu misollardagi yutum, siqim. qadoq so’zlarini o’lchov otlari deydi. Ko’rinadiki, bu atama hozirgi tilshunosdigimizlagi hisob so’zlarga (numerativlarga) to’g’ri qeladi. Olimning sifat va son haqidagi fikrlari ham hozirgi fikrlarga qiyoslab o’rganiladi, talabalarga quyidagi adabiyotlar tavsiya qilinadi: Fitrat, Sarf. Samarqand-Toshkent, 1930-yil, 14-20 betlar. O’zbek tili grammatikasi. II-tomlik, 1-tom, T.; 1975-yil, 271-330 betlar. Qurbonova M. Fitrat - tilshunos. T., 1996-yil. Hozirgi o’zbex adabiy tili. Abdurahmonov tahriri ostida. T., 1966-y. Hozirgi o’zbek adabiy tily. SH. SHoabdurahmonov, A.Hojiev tahriri ostida. 1966. FITRAT FE’L SO’Z TURKUMI HAQIDA Bu mavzu ham feьl so’z turkumiga oid kateg’oriyalarni esga olish bilan boshlanadi. Ma’lumki, fe’l morfologiyaning eng murakkab bo’limidir. Fe’llar bo’lishli-bo’lishsizlik, o’timli-o’timsizdik, shaxs-son, son, daraja (nisbat), mayl qabi kategoriyalarga ega. Bu kategoriyalarning har bittasiga alohida to’xtalib, talabalarga oldingi bilimlari eslatiladi. So’ngra Fitratning bu masalalarga munosabati tahlil qilinadi. “Sarf” asarining fe’lga bag’ishlangan bo’limida yuqorida qayd ztylgan barcha kategoriyalar uchraydi. Tasnifda zsa farqli o’rinlar bor. Masalan, daraja va mayl kategoriyasida hozirgidek bir nechta turlari ajratilmagan. Olimning shaxs-son va bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyalari haqidagi fikrlari hozirgi fan nuqgai nazaridan ham ilmiy qimmatga ega. Fatrat fe’llardagi uchta zamonni ta’kidlaydi: o’tgan zamon, hozirgi zamon, so’nggi zamon (qelasi zamon). U dastlab kelasi zamon haqida to’xtaladi va ularni quyidagi guruhlaaarga ajratadi: buyruq. kelajak, o’tinch, shart, qo’zg’atish. Kelasi zamon buyruk fe’li deganda olim yoz, o’qi (yozma, o’qima) kabilarni nazarda tutadi. Yozgil, borgil, qo’rayin kabi shakllarni. shu guruhga kiritadi. Olim kelajak fe’llarining -ar, -ajak qo’shimchalari yordamida hosil bo’lishini aytadi va ularning shaxs-sonda tuslanishini qayd qyladi. Bo’lishsiz shakli esa yozar-yozmas, yozajak-yozmayajak ko’rinishida bo’ladi, deb ko’rsatadi. O’tinch fe’l esa fe’lning buyruq shakliga -gay (ay) qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: yozgay, kelgay. Bu fe’lning bo’lishsiz shakli yozmagay, kelmagay, tarzida bo’ladi, shaxs-sonda tuslanadi. Fe’lning buyruq shakliga -sa qo’shimchasini qo’shish bilan shart fs’li yasalishi ta’kidlanadi: yozsa, kelsa. Bo’lishsiz shakli yozmasa, kelmasa ko’rinishida bo’ladi. Qo’zg’atish fe’li shart fe’liga -chi qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: yozsachi, yozmasachi. Asarda hozirgi zamon fe’li alohida guruhlarga ajratilmaydi. Olim bu fe’l shaklining -idir, adir qo’shimchasi orqali hosyl qilinishini aytadi. Misol: yozadir, yozaman, yozasan kabi. Bo’lishsiz shakli esa yozmayman, yozmaydir, yozmaysan va b. Yuqoridagi qo’shimchalar (-idir, -adir) 20-yillarda keng qo’llanilgan bo’lib, hozirgi adabiy tilida o’qiydi, yozadi shaklida ishlatiladi. Hozirgi zamon fe’llari -yotir, -mqtsda qo’shimchalari orqali yasalishi ham asarda qayd qilinadi: yozayotir, yozmoqda kabi. Olimning hozirgi zamon fe’llari haqida ilgari surgan fikrlari hozirgi fandagi qarashlarga mos keladi. Faqat hozirgi o’zbek adabiy tilida eng faol qo’shimcha -yapti haqida gapirilmaydi. O’tgan zamon fe’llari asarda 3 ta turga ajratiladi: ko’rilgan-fe’l, eshitilgan fe’l, hikoya fe’l. Ko’rilgan fe’l buyruq shakliga -di qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: o’qidi, yashadi, keldi kabi. Bu ko’rinishdagi fe’llarga hozirgi tilshunoslikda aniq o’tgan zamon fe’li deb qaraladi. Eshitilgan fe’l esa hozirgi fandagy tarixiy o’tgan zamon fe’liga to’g’ri keladi. Asarda eshitilgan fe’lniig ikki xil: -gan va -mish qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadigan turlari ko’rsatiladi. -mish bilan yasaladigan shakl (yozmish, yozmamish kabi) o’sha davr tiliga xos xususiyat bo’lib, hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanilmaydi. Kitobning “Fe’llarning boblarga ayrilishi”, “Bu boblarning har biridan boshqa boblar yasash” degan bo’limlarida olim o’timli va o’timsiz fe’llarga to’xtaladi. Bu yerda o’timli fe’llarga nisbatan birinchi bob o’tim fe’li va o’timsiz fe’llarga esa salt fe’li deyiladi. Ko’rinadiki, Fitrat fe’l so’z turkumi haqida ancha atroflicha ma’lumot beradi. Ayniqsa, o’sha davrdagi o’zbek tilshunosligining saviyasini, darajasini hisobga oladigan bo’lsak, bu fikrlarning ilmiy ahamiyati yanada ortadi. Download 33.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling