O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
SO`Z YASALISHI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning ikki xil usulidan foydalaniladi:
1. Affiksatsiya usuli (morfologik usul)– yasashga asos qismga so‘z yasovchi qo‘shimcha 
qo‘shish orqali hosil qilish. Suvchi, gulchi, o‘yna, tinch, quvonch…
Hozirgi o‘zbek tilida affiksatsiya usuli so‘z yasashning eng mahsuldor usulidir.
2. Kompozitsiya usuli (sintaktik usul) – bir so‘zni ikkinchi so‘zga qo‘shish orqali hosil qilish 
usuli. Bunda qo‘shma so‘zlar hosil bo‘ladi. Ular, asosan, qo‘shib, ba‘zan ajratib yoziladi.
Masalan, bilakuzuk, olachipor, sakkizoyoq, sadarayhon, olibsotar, qorbobo…;
Qo‘shma korxona, ishlab chiqarmoq, tamom bo‘lmoq, e‘lon qilmoq, obod aylamoq, olib 
kelmoq, sarson etmoq, g‘ayrat qilmoq, kirib chiqmoq.
ESLATMA! Testlarda yasama so`zlar soni so‘ralsa, quyidagilarni olasiz:
1. Yuqoridagi affiksatsiya va kompozotsiya usulida yasalgan so‟zlarni:
M: Tinch, ishla, bodomqovoq, qirqoyoq.
2. Qo`shma fe`llarni: M: Bayon qilmoq, hadya qilmoq, taq etmoq, borib kelmoq, olib chiqmoq, 
olib kelmoq.
Eslatma! Lekin ko‘makchi fe‘lli so‘z qo‘shilmasi yasama fe‘l hisoblanmaydi. Fe`l-fe`l shaklidagi 
qo`shma fe`llarning ko`makchi fe`lli so`z qo`shimchasidan farqi shundaki, qo`shma fe`lda
ikkala fe`l ham mustaqil ma`no bildiradi. Borib keldi (ham bordi, ham keldi). Ko`makchi
fe`llarda esa ko`makchi fe`l ya`ni ikkinchi fe`l mustaqil ma`no bildirmaydi va uni tashlab 
yuborsa ham bo‘ladi. O`qib chiqdi. (o`qidi, lekin chiqmadi).
3. Ravishning affiksatsiyadan tashqari qo`shma, juft va takroriylari ham yasama so`z 
hisoblanadi:
Qo`shma ravish: Shu yer, u yer, bu yer, bu joy, shu joy, hamma yer, bu yoq, u yoq,
o’sha yoq, shu mahal, shu on, bir mahal, shu payt, bir payt, bir zum, bir kun … .
Juft ravish: bugun-erta, erta-indin, kecha-kunduz
Takroriy ravish: tez-tez, sekin-sekin, qop-qop, chelak-chelak, birma-bir, galma-gal,
yildan yilga, kundan kunda … .
So`z yasovchi qo`shimcha bu – asosga qo‘shilib uning leksik ma‘nosini (atash ma‘nosini) 
o‘zgartiradigan va yangi ma‘nodagi so‘z yasash uchun xizmat qiladigan qo‘shimchalar so‟z 
yasovchi qo‟shimcha deyiladi. (Leksik ma’no=lug’aviy ma’no= atash ma’no bu – biror narsa 
(ot), belgi (sifat, ravish) yoki harakatning inson ongida shakllanishi (in’ikosi). Masalan: odam- 
(aqliy mavjudod), shirin –(maza-ta’m), bormoq (harakat), o’n-(miqdor). Gul (o‘simlik) +chi = 
gulchi(shaxs).
Yasama so‘z ikki qismdan iborat bo‘ladi: Asos va so‘z yasovchi qo‘shimcha.
ASOS –So‘zning tub ma‘nosini bildirib, boshqa ma‘noli bo‘laklarga bo‘linmaydigan qism asos 
deyiladi. Gulchi - Gul -asos, -chi – so‘z yasovchi. Choyxonachi so‘zida esa choy – asos. –xona,
-chi yasovchi qism.
ESLATMA! O‘zbek tilida biz biror qo‘shimchani so‘z yasovchi deb olishimiz uchun 
quyidagilarga amal qilishimiz kerak:
1. Asos bilan yasalgan so‘z o‘rtasida qaysidir ma‘noda bog‘liqlik bo‘lishi shart.
2. So‘z yasovchi qo‘shimcha, albatta, asosning lug‘aviy ma‘nosini o‘zgartirib, yangi ma‘nodagi 
so‘z yasaydi.
Eslatma! So‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida bir so‘z turkumidan shu so‘z turkumini ham, 
boshqa so‘za turkumini ham yasash mumkin. O‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shimcha 
yordamida 4 ta so‘z turkumini: ot, sifat, ravish va fe’l yasaladi.
Eslatma! otdan ot yasalishi: gul – guldon;



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling