O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
- son-sana, o`yin-o`yna, ot-ata, yosh-yasha kadi so`zlarda otdan fe`l yasovchi qo`shimcha. - qah-qah – qahqaha so`zida taqliddan ot yasovchi qo`shimcha. - Qiyin – qiyna so`zida sifatdan fe`l yasovchi qo`shimcha. - ko`tar – ko`tara so`zida fe‘ldan sifat yasovchi qo`shimcha. - Pir-pir – pirpira, g`uldur-g`uldur - g`uldura so`zlarida taqliddan fe`l yasovchi qo`shimcha. Eslatma! –y omonim: - Ikkita fe‘lni bir-biriga bog`lasa ravishdosh: o`qiy olmoq, sanay olmoq. - Fe‘lga qo‗shilib undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs-son qo`shimchalari kelsa kelasi zamon qo`shimcha: o`qiydi, sanaydi. - Qora-qoray so`zida sifatdan fe`l yasovchi qo`shimcha. - Fe‘lga qo`shilib undan so`ng hech qanday qo`shimcha kelmasa birinchi shaxs buyruq- istak mayli qo`shimchasi: o`qi – o`qiy, sana- sanay. Eslatma! –b, -ib omonim. - Ikkita fe‘lning o`rtasida kelsa ravishdosh qo`shimchasi: olib kelmoq, o‘qib chiqmoq. - Fe‘lga qo`shilib undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs-son qo`shimchalari kelsa o`tgan zamon qo`shimchasi: kel- kelibsiz, o‘qi- o‘qibsiz. Eslatma!- la fe‘lga qo`shilsa lug`aviy shakl yasovchi: quvla, savala, cho‘qila, ishqala, irg’ishla. Qolgan barcha hollarda so‘z yasovchi qo`shimcha: gulla, sizla, egovla. Eslatma! -lik omonim: - lik qo`shimchasi – moq qo`shimchasidan keyin kelsa fe`lning kuchli – kuchsizligi (lug`aviy shakl yasovchi) qo`shimchasi: o`qimoqlik, aytmoqlik. - lik yaxshilik, do`stlik so`zlarida ot yasovchi; qishlik(kiyim), kuzlik so`zlarida esa sifat yasovchi (so`z yasovchi qo`shimcha) qo`shimcha. Eslatma! – i omonim. - Tin- tini, to‘z- to‘zi so`zlarida fe‘lning kuchli- kuchsizligi qo`shimchasi. - Kitob- kitobi, uy- uyi, qishloq – qishlog’i so`zlarida III shaxs egalik qo`shimchasi. - Boy- boyi, tinch- tinchi so`zlarida fe‘l yasovchi qo`shimcha. - Qishloq- qishloqi, qozoq-qozoqi, jannat-jannati so`zida otdan sifat yasovchi qo`shimcha. Eslatma! –ay omonim: - Fe‘l asosiga qo‘shilsa birinchi shaxs-buyruq istak mayli qo‘shimchasi Kel – kelay, yoz – yozay, bil – bilay. - Past – pastay, sust – susay, keng – kengay, ulug’ – ulg’ay so‘zlarida sifatdan fe‘l yasovchi. - Ko’p – ko’pay, oz – ozay, kam – kamay so‘zlarida ravishdan fe‘l yasaydi. - Kuch – kuchay so‘zida otdan fe‘l yasovchi. Eslatma! -ng, -ing, ngiz, -ingiz omonim: - To‘g‘ridan to‘g‘ri fe‘lga qo‘shilsa, II shaxs buyruq-istak mayli qo‘shimchasi. O’qi – o’qing, bor – boring, yoz – yozingiz, qara-qarangiz. - Agar ng, -ing, ngiz, -ingiz ot yoki otlashgan so‘zlarga so‘zlarga qo‘shilsa II shaxs egalik qo‘shimchasi. Kitob – kitobing, bola – bolang, o’g’il – o’g’lingiz, ko’pingiz, kelganlaringiz. - -ng, -ngiz qo‘shimchasi –di zamon qo‘shimchasi va –sa shart maylidan keyin kelsa II shaxs shaxs-son qo‘shimchasi. Yozding, kelsang, kelsangiz. Eslatma! -sa omonim: - Suv – suvsa faqat shu so‘z tarkibida otdan fe‘l yasovchi. Qolgan barcha holatlarda shart mayli qo‘shimchasi. (sintaktik shakl yasovchi). Eslatma! -di omonim qo`shimcha: - -di fe‘lga qo‘shilib, undan so‘ng –m, -ng, -k,-ngiz shaxs-son qo‘shilsa, -di o‘tgan zamon qo‘shimchasi . Sot – sot-di-k, bor-di-m. - Agar –di qo‘shimchasi –a, -y, -b, -ib zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shilsa di III shaxs shaxs-son qo‘shimchasi hisoblanadi. Sot-a-di, qara-y-di, bor-ib-di, kel-a di. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling