O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
- Bilardi, aytgandi, bormasdi kabi fe‘llardagi –di qo‘shimcha emas, edi to‘liqsiz fe‘linng qisqaragan shakli. Eslatma! -m omonim qo‟shimcha: - -di zamon va –sa shart maylidan so‘ng qo‘shilsa, I shaxs shaxs-son qo‘shimchasi. Bor-di-m, bor-sa-m. - -m ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa I shaxs egalik qo‘shimchasi . Kitob – kitobim, bola – bolam, - Chida – chidam, to’pla – to’plam, ho’la – ho’plam, o’ra – o’ram, qopla – qoplam kabi so‘zlarda fe‘ldan ot yasagan. - Qara – qaram so‘zida feldan sifat yasovchi. Eslatma! -k omonim qo`shimcha: - -di zamon va –sa mayldan so‘ng kelsa I shaxs shaxs-son qo‘shimchasi. Bordi – bor-di-k, bor – bor-sa-k. - Ela – elak, tila – tilak so‘zlarida fe‘ldan ot yasovchi qo‘shimcha. - Chiri – chirik, iri – irik, chuchi – chuchuk so‘zlarida fe‘ldan sifat yasaydi. - Junji – junjik so‘zida fe‘lning kuchli-kuchsizligi qo‘shimchasi. Eslatma! -man, -san, -miz, -siz omonim qo`shimcha: - Fe‘lga zamon qo‘shimchalarida so‘ng qo‘shilsa shaxs-son qo‘shmchasi (sintaktik shakl yasovchi). Borganman, bilgansiz, o’qiymiz, kelasan, aytyapman. - Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa bog’lama hisoblanadi (sintaktik shakl yasovchi) Talabaman, yaxshimiz, kelmaganlardansiz. Eslatma! -im omonim qo`shimcha: - Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa I shaxs egalik qo‘shimchasi. Do‘st – do‘stim, kitob – kitobim, go‘zalim, shirintoyim.. - Bil – bilim, yig’ – yig’im, bit – bitim, ter – terim, chiq – chiqim so‘zlarida fe‘ldan ot yasalga. Eslatma! -si omonim qo`shimcha: - Men – mensi so‘zida olmoshdan fe‘l yasagan. - Bola – bolasi, ona – onasi so‘zlarida III shaxs egalik qo‘shimchasi. QO`SHIMCHALARDA SINONIMLIK (MA`NODOSHLIK) Qo`shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma‘nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba‘zan ma‘lum bir so`z yasash ma‘nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo`shimchalardan foydalanishga to`g`ri keladi. Masalan, -li qo`shimchasi o`rniga -kor, -dor, bo- , ba-, ser- qo`shimchalarini qo`llash mumkin: itoatli — itoatkor shirali — shirador savlatli — basavlat sutli — sersut obro‘li — boobro‘ Eslatma! Shuningdek, -chi o`rnida -shunos, -kash, -kor; -siz o`rnida esa be-, no- old qo`shimchalarni qo`llash kuzatiladi. adabiyotchi — adabiyotshunos aravachi — aravakash g‘allachi — g‘allakor hayosiz — behayo o`rinsiz — noo`rin Eslatma! Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma‘nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o`rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g`alizlik yuzaga keladi. QO`SHIMCHALARDA ZID MA`NOLIK (ANTONIMLIK) Eslatma! Nutqni ravon, ta‘sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo`yoqdor bo`lib chiqishida zid ma‘noli qo`shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. 1. -li qo‗shimchasi -siz, be- no- qo`shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo`yiladi. Aqlli — aqlsiz, iboli — beibo, o‘rinli — noo‘rin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling