O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Vazifa shakllari 
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida 
kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish
uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.
Fe’llarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 
1) sof fe’l shakli o‘qidi; 
2) harakat nomi shakli o‘qimoq 
3) sifatdosh shakli o‘qigan 
4) ravishdosh shakli o‘qib 
Fe’lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi va fe’l asoslariga -(i)sh, - (u)v, -moq 
qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq. a yoki i 
unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda, a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va 
shunday yoziladi .(tovush almashishi) Masalan, ishla – ishlov, tani —tanuv. Harakat nomi otlar kabi 
egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida
keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o‘rgan! Yozuving yomon emas. 
Fe’lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe’l asoslariga 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
-gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil 
qilinadi. Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o‘xshaydi. 
Sifatlar shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o‘zgarish, harakat belgisini 
ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo. 
Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi uchun fe’lga xos bo‘lgan zamon, bo‘lishli- bo‘lishsizlik, nisbat 
ma’nolarini ifodalaydi.
Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi shaxs-narsalarning o‘tgan zamonga xos harakat 
belgisini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -gan holida talaffuz 
qilinadi va shunday yoziladi (o‘qigan, yashagan kabi). Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga 
qo‘shilib, -kan holida talaffuz 
qilinsa ham, -gan yoziladi (ko‘chgan, o‘sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga 
qo‘shilganda, -qan k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va 
shunday yoziladi: (tovush almashishi: tiq — tiqqan, tik — tikkan). 
Jarangli g‘ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan 
yoziladi (tug‘ — tug‘gan).
Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -(a)yotgan qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. 
Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish bilan 
yasaladi. 
Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvch qo‘shimchalardan oldin - ma qo‘shimchasini 
keltirish orqali yasaladi: aytgan — aytmagan, oqayotgan — oqmayotgan, o‘qiydigan — o‘qimaydigan. -
(a)r qo‘shimchasining bo‘lishsiz shakli -mas qo‘shimchasi (oqar – oqmas) 
Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini
bildirishi bilan ravishga o‘xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog‘lanib, uning belgisini
bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi. 
Ravishdoshning -(i)b, -a//-y shakllari ko‘proq harakatning holatini, ba’zan payt, sababini, -gancha (-
kancha, -qancha) shakli holatini, -gach, (-kach, -qach), - guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini, -
gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadini anglatadi. 
Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, - guncha, -gancha, -
gani qo‘shimchalari qo‘shiladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo‘shimchalar
qo‘shilganda, - kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani 
tarzida yoziladi. Bu qo‘shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -kach, - kuncha, 
-kancha, -kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -qach, -quncha, -qancha, -
qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. 
Fe’lning VAZIFA shakli 4 ta: 
1. Harakat nomi (nisbat va bo’lishsizlik shakllari bor): -(i)sh, -(u)v, moq/mak, -maslik(inkor) 
2. Sifatdosh shakli (nisbat, bo’lishsizlik va zamon shakllari bor): 
O’tgan zamon: -gan 
Hozirgi zamon: -ayotgan 
Kelasi zamon: -adigan/ - ydigan/ -ar(mas) 
3. Ravishdosh shakli (nisbat, bo’lishsizlik shakllari bor): -b,-ib,-a,-y – holat, payt, sabab 
-gancha – holat 
-gach/-guncha – payt 
-gani – maqsad 
-magach – sabab 
-may/-masdan – holat 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling