Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi.
Fe’l yasovchi aa qo’shimchasi o’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, bu
so’zlarning ikkinch bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Fe’l yasovchi -ay
qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo’shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va
shunday yoziladi. - illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga
qo’shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari.
Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt xil bo’ladi:
a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar.
Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni
anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar so’z yasovchi qo’shimchalar
yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq,
guv-guvvalamoq, tez-tezlamoq.
Qo’shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni
qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr
etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid
so’zlarga qil, et, bo’l singari so’zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan hosil
bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo’lmoq, dod
solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan
bo’ladi.
1-Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida qo’llanilganda qo’shma
fe’l bo’ladi.
2-Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi, tugatdi). 2-qismi o’z
ma’nosida qo’llanilmaganda ko’makchi fe’lli so’z shakli hosil bo’ladi. Qo’shma fe’l qismlari ajratib
yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |