O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
Sifat darajalari.
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darjalari, ularni ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to’rt xil darajasi bor: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. Belgining odatdagi me’yorida ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi. Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo’llar bilan hosil bo’ladi: 1) oddiy daraja shaklidagi sifdat oldidan eng, g’oyat, juda, nihoyatda, bag’oyat so’zlari keltiriladi: juda qizil, g’oyat shirin. 2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanadi: bus- butun, kap-katta, to’ppa-to’g’ri. Belgining me’yoridan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo’shimchasi yordamida yasaladi. Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakli oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, -ish qo’shimchalari yordamida ham ozaytirma daraja shakli yasaladi: ko’kish, ko’kimtir. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) xususiyat; 2) rang-tus; 3) ma’za-tam; 4) hajm-o’lchov; 5) hid bildiruvchi; 6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari, o’rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi. Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-ta’m bildirgan sifatlar maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgnan sifatlar hid sifatlari deyiladi. Sifatga bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat OTLASHIB, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan sinatktik vazifalarda keladi: Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’. SON Narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirib, “qancha?”, “necha?”, “nechanchi?” so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar son deyiladi. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko’ra sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlarga bo’linadi. Sanoq son. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda, ko’pincha, arab raqami bilan yoziladi. 1,2,3,55,67… Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling