Mayl shaklining 3 ta turi bor:
1. Xabar mayli – maxsus qo’shimchasi yo’q (zamon va shaxs-son olinadi)
2. Buyruq-istak mayli: -ay, -gin, -sin, -aylik, -ingiz, -sinlar
3. Shart mayli – sa – sa edi/ekan = istak. –sa kerak = gumon
Shaxs-son shakllari. Fe’lda ifodalangan harakat yoki holatning bajaruvchi shaxsini, bu shaxsning
bitta yoki ko’p ekanligini bildiruvchi shakllari shaxs-son shakllari sanaladi. Fe’llarning I va II shaxsi
maxsus shakllar orqali ifodalanadi, III shaxsda esa zamon qo’shimchalari shaxs ma’nosini
ifodalaydi. O’tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so’ng -m, -ng, - k, -
ngiz qo’shimchalari; ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi zamon shakllaridan
so’ng -man, -miz, -san, -siz qo’shimchalari qo’llaniladi.
Shaxs son shaklining 2 ta
turi bor:
1. –di va –sa qo’shimchasidan
keyin:
(i)m, (i)ng,
(i)k
(i)ngiz
lar
2. Boshqa hammasidan keyin: man, san,
di,
miz,
siz,
dilar
OT
Ot nom bildiruvchi so’z turkumi bo’lib, shaxs, narsa, joy ma’nolarini anglatadi va ”kim?”,
“nima?”, “qayer?” so’roqlariga javob bo’ladi. “Kim?” so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga, “nima?”
so’rog’i narsa, faoliyat-jarayonni bildiruvchi so’zlarga, “qayer?’ so’rog’i joy nomini bildiruvchi so’zlarga
beriladi. Shunga ko’ra otlar shaxs otlari, narsa otlari, faoliyat-jarayon otlari, o’rin-joy otlariga
bo’linadi.
Otlar tuzilishiga ko’ra turlari.
SODDA OT. Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar sodda ot hisoblanadi. Masalan: uy, yer, tosh, tuz,
daraxt. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar
Do'stlaringiz bilan baham: |