O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA ota-ona. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar TAKRORIY OTLAR
- ATOQLI OTLAR
QO’SHMA OT sanaladi. Masalan: qo’lqop, oltingugurt, beshiktervatar. Bir-biriga yaqin yoki qarama-
qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan otlarga JUFT OTLAR deyiladi. Masalan: o’g’il-qiz, idish-tovoq, O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA ota-ona. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar TAKRORIY OTLAR sanaladi. Masalan: tuz-puz, tovoq-povoq, uy-puy. Qo’shma otlar imlosi. Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi: Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo’shib yoziladi: qorbo’ron, qizilishton, ko’ksulton, kungaboqar, o’rinbosar. Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo. Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar esa ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq. Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Es-es, chelak- chelak, qator-qator kabi takror kelgan otlar ravish so’z turkumiga o’tadi. ATOQLI OTLAR. Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra shaxs nomlari, joy nomlari va narsa nomlariga bo’linadi. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs nomlari sanaladi. Familiyalar shaxs ismidan so’ng otasining ismin qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -yev(a) qo’shimchasini qo’shish (Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi. Ma’lum bir geografik hududga atab qo’yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o’lka, nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Tarkibida bo’yi, orti ,oldi so’zlari ishtirok etgan joy nomlari qo’shib yoziladi. Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilaga berilgan shartli nomlar qo’shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so’z) yoziladi: “Turkiston” (saroy), “Sharq gullari” (firma). Berilgan tashkilot nomlarini qanday harf bilan yozilishiga e’tibor bering! Sog‘liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Oliy Majlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent traktor zavodi. O‘zbekiston Oliy Majlisi, «Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, «O‘qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo‘jaligi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi, Bulung‘ur tumani hokimligi, Urganch davlat universiteti, «Lazzat» oshxonasi, «Afrosiyob» mehmonxonasi, Toshkent davlat agrar universiteti. Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi: 1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‘za hayiti; Qurbon hayiti. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling