O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Qo’shma fe’l (ot+fel) Ot + qil, et, de, bo’l, ber, de, ol, ur, sol ...
harakat qil, salom ber
Juft fe’llar. Ikki fe’l
juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi
vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y
berishini ifodalaydi. Juft fe’llar qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Oldi-berdi,
bordi-keldi kabi
juft so’zlar ot turkumiga o’tgan so’zlar hisoblanadi. Asosni takrorlash bilan hosil bo’lgan juft fe’llar
takroriy fe’llar ham deyiladi. Takroriy fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-
kuta, o’yladi-o’yladi kabi.
Fe’lning ma’noviy guruhlari. Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra
nutqiy, aqliy,
jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’li kabi ma’no guruhlariga ajraladi.
Fe’llarning munosabat shakllari.
Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning
munosabat shakllari hisoblanadi. Fe’llarning zamon, mayl, shaxs- son qo’shimchalari
munosabat
shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Yuqoridagi ma’no shakllardan xoli bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli
hisoblanadi va bu shakl
-moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.
Fe’lning munosabat(sintaktik) shakllari: ZAMON, SHAXS-SON, MAYL
Fe’llarning zamon shakllari.
Fe’l asosida ifodalangan harakat holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini
bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi. Fe’l ucta zamon shakllariga ega: o’tgan zamon, hozirgi
zamon, kelasi zamon.
Do'stlaringiz bilan baham: