O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Dona son, uning yasalishi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Dona son, uning yasalishi. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. 
Ular -ta qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi. Donalash ma’nosi -ta qo’shimchasidan tashqari dona 
so’zi bilan ham ifodalanadi. Narsalarning turini ta’kidlash uchun bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), 
tup (o’simliklar), litr (suyuqlik), gramm (og’irlik) kabi so’zlar ham ishlatiladi. 
Chama son, uning yasalishi. Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko’rsatadigan sonlarga chama 
son deyiladi. Ularga -tacha, -lab, -larcha kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi. Shuningdek, 
chama ma’nosi sonlarni juftlash yo’li bilan ham ifodalanadi: ikki-uch, besh-olti, o’n-o’n besh. 
Jamlovchi son, uning yasalishi. Narsalarning miqdorini jamlab ko’rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar 
deyiladi. Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi. -ov, -ala qo’shimchalari 
faqat ikkidan o’ngacha bo’lgan sonlarga qo’shilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo’shimchalar unli 
bilan tugagan sanoq sonlarga qo’shilganda, asos qismidagi i unli tushib qoladi. 
Narsalarning miqdorini taqsimlab ko’rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular –tadan 
qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi.Dona sonlarni takrorlash yoli bn ham taqsim son hosil qilinadi. 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
Kasr sonlar. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Butun miqdorni 
bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi: o’ndan bir, uchdan ikki. ½ ¼ ifodalari ikkidan 
bir, to’rtdan bir tarzida, shuningdek, yarim, chorak, nimchorak tarzida o’qiladi. 
Hisob so’zlar. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanilib, bu 
narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar hisob so’zlar sanaladi.Masalan:tup, kg, tonna,metr qadoq, 
qarich, chelak … Hisob so`zlar sof va vazifadosh bo`lishi mumkin. Chelak , etak,qop,qarich,qadam 
singari matndan tashqarida ot matn tarkibida hisob so`z bo`lib kelishi mumkin bo`lgan so`zlar 
vazifadosh hisob so`zlardiz. Metr, kg,tonna,litr kabi matnda ham matndan tashqarida ham hisob so`z 
vazifanini bajargan so`zlar sof hisob so`zlardir. Hisob so`zlar,asosan, ot so`z turkumidan o`tgan. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling